Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 9069 marta o'qildi

Shifoxonalar va poliklinikalarda ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar ro‘yxati individualdir.

Tibbiy xizmatlarni olish uchun poliklinikaga yoki qishloq vrachlik punktiga murojaat qilish kerak.

Homilador ayollar, yangi tug‘ilgan chaqaloqlar, keksa odamlarga (bemorga) xizmatlar joyiga borib ko‘rsatilishi mumkin. Buning uchun bemor klinikaga qo‘ng‘iroq qilishi va so‘rov qoldirishi yoki boshqa yo‘l bilan shifokorni chaqirish zarurligi to‘g‘risida poliklinikaga xabar berishi kerak.

Oilaviy poliklinika va qishloq vrachlik punktlarida quyidagi xizmatlardan foydalanish mumkin:
  • oilaviy shifokor xizmatlari;
  • hamshira xizmatlari;
  • poliklinikaning shifokorlari tomonidan bemorni ko‘rikdan o‘tkazish va davolash;
  • nikohga kirishayotgan shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish;
  • vaktsinatsiya;
  • tashxis qo‘yish (EKG, UZI, rentgen, arterial qon bosimini o‘lchash, qon va peshob tahlili);
  • kichik jarrohlik aralashuvi;
  • operatsiyadan keyingi terapiya;
  • tug‘ishdan avvalgi va keyingi kuzatuv;
  • patronaj (homilador ayollar, yangi tug‘ilgan bolalar, keksalarga uyida  davolash-profilaktika yordamini ko‘rsatish;
  • fizioterapiya;
  • oilani rejalashtirish;
  • sog‘lom ovqatlanish, sport bilan shug‘ullanish, emizikli bolani ovqatlantirish, bolalar va keksalarni parvarish qilish bo‘yicha maslahat;
  • bemorni statsionarda davolanish yoki boshqa tibbiy muassasaga yuborish;
  • bemorni ixtisoslashtirilgan tibbiy muassasaga qadar transportda kuzatib borish (biriktirilgan avtotransport mavjud bo‘lganda va bemorga tez yordam zarur bo‘lganda);
  • retsept berish;
  • mehnatga layoqatsizlik haqida varaqa ochish va sog‘lig‘ining holati to‘g‘risida ma’lumotnomalar olish va boshqalar.

Chat