Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 78 marta o'qildi

Quyidagilar ishga kirayotganda dastlab va keyinchalik ish davomida tibbiy ko‘rikdan o‘tadilar:
  • 18 yoshga to‘lmaganlar;
  • 60 yoshga to‘lgan erkaklar, 55 yoshga to‘lgan ayollar;
  • nogironligi bo‘lgan shaxslar;
  • mehnat sharoiti noqulay ishlarda band bo‘lganlar;
  • transport harakati bilan bog‘liq ishlarda band bo‘lganlar;
  • oziq-ovqat sanoatida ishlaydiganlar;
  • aholiga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarda band bo‘lganlar;
  • ta’lim muassasalarining pedagog va boshqa xodimlari.

Ish beruvchi har yilning 1 dekabrigacha tibbiy ko‘rikdan o‘tishi shart bo‘lgan xodimlar ro‘yxatini aniqlaydi va tibbiy muassasaga taqdim etadi.

Tibbiy ko‘riklardan o‘tishda xodimlar chiqimdor bo‘lmaydilar.

Tibbiy ko‘rikdan o‘tilishi lozim bo‘lgan ishlar ro‘yxati bilan havolada tanishing.

Majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan shaxslarning bajarishi ruxsat etilmaydigan ishlar ro‘yxati bilan havolada tanishing.

Chat