Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 527 marta o'qildi

Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish maxsus vakolatli organ – O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspektsiyasi hisoblanadi.

"O‘zyo‘linspektsiya" markaziy apparatining asosiy vazifalari:
  • hududiy bo‘linmalar, sinov laboratoriyasi va tarkibidagi tashkilot bilan birgalikda «O‘zyo‘linspektsiya»ga yuklangan vazifa va funktsiyalarning samarali bajarilishini ta’minlash;
  • yo‘l qurilishi sohasida shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishining nazoratini tashkil qilish sohasida texnik jihatdan tartibga solishga oid normativ hujjatlarni takomillashtirishda qatnashish va takliflar kiritish;
  • qonun hujjatlariga binoan yo‘l-qurilish materiallari, buyumlari va konstruktsiyalarini standartlashtirish va sertifikatlashtirish ishlarini bajarish;
  • avtomobilь yo‘llaridan foydalanuvchilarning murojaatlariga asosan yo‘l ob’ektlarining sifat ko‘rsatkichlarini belgilash.

"O‘zyulinspektsiya" hududiy bo‘linmalarining vazifalari:
  • hududiy bo‘linmalarga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni samarali bajarish;
  • kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha hududiy sektorlar bilan hamkorlik qilish;
  • yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan avtomobilь yo‘llari va sun’iy inshootlarni loyihalashtirish, qurish, rekonstruktsiya qilish, ta’mirlash va saqlash, shuningdek, yo‘l-qurilish materiallari, buyumlari va konstruktsiyalarini ishlab chiqarish sohasida texnik jihatdan tartibga solishga oid shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlari va normativ hujjatlar talablariga rioya etilishini nazorat qilish;
  • qurilishi tugallangan yo‘l ob’ektlarini foydalanishga qabul qilish komissiyalarining ishida ishtirok etish;
  • avtomobilь yo‘llaridan foydalanuvchilarning murojaatlariga asosan yo‘l ob’ektlarining sifat ko‘rsatkichlarini belgilash.

Chat