Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 84439 marta o'qildi

  • Soliqni hisoblab chiqarish soliq to‘lovchining yashash joyidan qat’i nazar, soliq solish ob’ekti joylashgan erdagi soliq organlari tomonidan amalga oshiriladi.
  • Soliq summasi mol-mulkning 1 yanvardagi holatiga ko‘ra bo‘lgan kadastr qiymatidan va belgilangan soliq stavkasidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.
  • Bir necha mulkdorlarining umumiy ulushli mulki bo‘lgan imoratlar, binolar va inshootlar uchun soliq har bir mulkdor tomonidan ularning ushbu imoratlar, binolar va inshootlardagi ulushiga mutanosib ravishda to‘lanadi.
  • Mol-mulkka bo‘lgan mulk huquqi kalendarь yil mobaynida bir mulkdordan boshqasiga o‘tgan taqdirda, soliq avvalgi mulkdor tomonidan shu yilning 1 yanvaridan e’tiboran u mol-mulkka bo‘lgan mulk huquqini yo‘qotgan oyning boshlanishiga qadar, yangi mulkdor tomonidan esa, unda mulk huquqi vujudga kelgan oydan e’tiboran to‘lanadi.

Yangi imoratlar, binolar va inshootlar bo‘yicha soliq mulk huquqi yuzaga kelgan oydan e’tiboran to‘lanadi.

  • Soliq solish ob’ekti yo‘q qilingan, vayron bo‘lgan, buzib tashlangan taqdirda, jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni undirish mol-mulk yo‘q qilingan, vayron bo‘lgan yoki buzib tashlangan oydan e’tiboran to‘xtatiladi. Soliq summasini qayta hisob-kitob qilish mahalliy davlat hokimiyati organi yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan berilgan yo‘q qilinganlik, vayron bo‘lganlik, buzib tashlanganlik faktini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lgan taqdirda, amalga oshiriladi.

Meros bo‘yicha o‘tgan mol-mulk uchun soliq merosxo‘rda mulk huquqi vujudga kelgan oydan e’tiboran to‘lanadi.

  • Soliq solish ob’ekti yo‘q qilingan, vayron bo‘lgan yoki buzib tashlangan taqdirda, soliqni undirish mol-mulk yo‘q qilingan, vayron bo‘lgan yoki buzib tashlangan oydan e’tiboran tugatiladi. Soliq summasini qayta hisob-kitob qilish mahalliy davlat hokimiyati organi yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan berilgan yo‘q qilinganlik, vayron bo‘lganlik yoki buzib tashlanganlik faktini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lgan taqdirda, amalga oshiriladi.
  • Kalendarь yil mobaynida imtiyozlarga bo‘lgan huquq vujudga kelgan (tugagan) taqdirda, soliqni qayta hisob-kitob qilish ushbu huquq vujudga kelgan (tugagan) oydan e’tiboran amalga oshiriladi.
  • Soliqni to‘lash to‘g‘risidagi to‘lov xabarnomasi soliq organlari tomonidan soliq to‘lovchilarga imzo qo‘ydirilgan holda yoki to‘lov xabarnomasi olinganligini va olingan sanani tasdiqlovchi boshqa usulda har yili 1-martdan kechiktirmay topshiriladi.

Soliq davri uchun soliqni to‘lash teng ulushlarda 15-aprelga va 15-oktabrga qadar amalga oshiriladi.


Elektron to‘lov tizimlari ClickUPay va PayMe.

Eri qanday olinadi?


DSQ Maslahat xizmati telefoni

(0 371) 202-32-82

Chat