Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish — fuqaroga u egallab turgan yoki yangi qurilgan davlat uy-joyini haq evaziga, imtiyozli shartlarda yoki qonunchilikda belgilangan hollarda tekinga mulk qilib berishdir.
Fuqaroga davlat uy-joy fondini xususiylashtirish huquqi faqat bir marta beriladi.
Xususiylashtirish ob’ektlariga:
Quyidagilar xususiylashtirilmaydi:
Fuqaro turar joy tegishli bo‘lgan tuman yoki shahar hokimiga, davlat korxonasi, muassasasi yoki tashkiloti ma’muriyatiga ariza beradi. Ariza ko‘pi bilan 2 oyda ko‘rib chiqiladi.
Turar joyni xususiylashtirish uchun fuqaro bilan birga yashayotgan barcha voyaga etgan oila a’zolari va uy-joy maydonidan foydalanish huquqiga ega shaxslarning roziligi talab qilinadi. Uy-joy birgalikdagi yoki ulushli mulk qilib rasmiylashtirilishi mumkin.
Xususiylashtirilayotgan turar joy qonunchilikda belgilangan tartibda baholovchi tashkilot tomonidan qoldiq balans qiymati bo‘yicha baholanadi.
Qaror qabul qilinib, to‘lovlar amalga oshirilgandan keyin fuqaroga davlat orderi beriladi. Ushbu order asosida ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
Muhim: xususiylashtirishga rozilik bergan oila a’zolari va uy-joydan foydalanish huquqiga ega boshqa shaxslar xususiylashtirilgandan keyin ham turar joydan foydalanish huquqini saqlab qoladi. Uy-joyni sotish yoki ijaraga berishda ularning roziligi talab etiladi.