Imkoniyati cheklangan bolalarga mo‘ljallangan maktablar Xalq ta’limi vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan mintaqadagi jismoniy va psixik rivojlanishda imkoniyati cheklangan, maxsus sharoitlarda ta’lim-tarbiya olishga muhtoj bolalarning mavjud kontingentini birgalikda o‘rganib chiqish yakunlari bo‘yicha tashkil etiladi.
Ushbu maktablarni tashkil etish tegishli hududda oxirgi 5 yilda 3 yoshdan 16 yoshgacha bolalar o‘rtasida tegishli kasalliklarning ko‘payganligini ko‘rsatadigan rasmiy statistika ma’lumotlari bilan asoslanishi kerak.
Imkoniyati cheklangan bolalarga mo‘ljallangan maktablar o‘quvchilar soni 250 nafardan oshmasligi kerak.
Bolalarni imkoniyati cheklangan bolalarga mo‘ljallangan maktablarga yuborish xalq ta’limi boshqarmalari tomonidan, xalq ta’limi boshqarmalari huzurida tashkil etilgan psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya xulosasiga ko‘ra, ota-onalar roziligiga ko‘ra amalga oshiriladi.
Imkoniyati cheklangan bolalarga mo‘ljallangan maktablar quyidagi (I—VIII) turlarga bo‘linadi:
I — kar (eshitmaydigan) bolalar uchun maktab-internatlar;
II — zaif eshitadigan va keyinchalik kar bo‘lgan bolalar uchun maktab-internatlar (1, 2-bo‘lim);
III — ko‘zi ojiz (ko‘r) bolalar uchun maktab-internatlar;
IV — zaif ko‘radigan va keyinchalik ko‘r bo‘lgan bolalar uchun maktab-internatlar;
V — nutqida og‘ir nuqsonlar bo‘lgan bolalar uchun maktab-internatlar;
VI — tayanch-harakat apparatida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun maktab-internatlar;
VII — psixik rivojlanishi sust bo‘lgan bolalar uchun maktab-internatlar;
VIII — aqli zaif bolalar uchun (yordamchi) maktablar, maktab-internatlar.
1) ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning arizasi;
2) psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya xulosalarining ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasiga yo‘llangan bola bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiyaviy va davolash-tuzatish bo‘yicha tavsiyalari aks etgan bayoni;
3) tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi;
4) ta’lim olganligi to‘g‘risidagi hujjatlar;
5) o‘qish joyidan ta’limning muddati, o‘quv fanlarini o‘zlashtirishi va xulq-atvori, bolaga yakka tartibda ko‘mak berish borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlarning batafsil tahlili aks ettirilgan ma’lumotnoma va tavsifnoma;
6) bolaning yashash joyidagi shifoxona bosh vrachi tomonidan imzolangan, uning rivojlanishi tarixidan mufassal ko‘chirma:
a) aqli o‘ta zaif bolalar (imbitsil, idiotiya darajasidagi oligofreniya);
b) xulq-atvorida og‘ir buzilishlar, hissiy-irodaviy sohasida (organik) nuqsonlari bo‘lgan bolalar;
v) tayanch-harakat apparatida nuqsoni bo‘lgan, mustaqil ravishda harakatlana olmaydigan va o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsata olmaydigan bolalar;
g) ko‘r-kar-soqov bolalar;
d) tez-tez takrorlanadigan epileptik tutqanoqdan aziyat chekadigan (epileptik dementsiya, kunduzgi va tungi vaqtlarda tutqanog‘i tez-tez takrorlanadigan) bolalar;
e) markaziy asab tizimiga shikast etganligi tufayli siydik va najasini ushlab turolmaydigan bolalar.
Ushbu toifadagi bolalar Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli muassasalariga yo‘llanadi yoki ularga yakka tartibda uyida o‘qitish tashkil etiladi.
Ta’lim yo‘nalishi turlari va sinflardagi bolalar toifalari |
Sinflarning o‘quvchilar bilan minimal to‘ldirilishi |
|
Boshlang‘ich sinflarda bolalar soni |
Yuqori sinflarda bolalar soni |
|
1. I-II turlar: |
||
Kar (eshitmaydigan) bolalar uchun |
8 |
10 |
Zaif eshituvchilar va keyinchalik kar bo‘lgan (1, 2-bo‘limlar) bolalar uchun |
10 |
12 |
2. III-IV turlar: |
||
Ko‘r(ko‘zi ojiz) bolalar uchun |
8 |
10 |
Zaif ko‘ruvchilar va keyinchalik ko‘r bo‘lgan bolalar uchun |
10 |
12 |
3. V tur: |
||
Nutqida og‘ir nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun |
10 |
12 |
4. VI tur: |
||
Poliomielit xastaligi oqibatlari bo‘lgan bolalar uchun |
10 |
12 |
Serebral falaji oqibatlari bo‘lgan bolalar uchun |
10 |
10 |
5.VII tur: |
||
Psixik rivojlanishi sust bolalar uchun |
12 |
16 |
6. VIII tur: |
||
Engil darajadagi aqli zaif bolalar uchun |
13 |
13 |
O‘rta va og‘ir darajadagi aqli zaif bolalar uchun |
11 |
11 |
*Barcha turdagi ixtisoslashtirilgan muassasalarda ta’lim olayotgan murakkab nuqsonli (rivojlanishida 2 ta va undan ko‘p nuqson bo‘lgan) bolalar uchun |
6 |
8 |
Imkoniyati cheklangan bolalarga mo‘ljallangan maktabda jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqson bo‘lgan bolalar sog‘lig‘i va intellektining holati haqidagi ma’lumotlar hisobga olingan holda, 9 yillik umumiy ta’lim dasturini quyida belgilangan davrlar davomida o‘zlashtirishadi.
Ta’lim yo‘nalishlari turlari va bolalar toifalari |
Tayyorlov guruhlari |
Boshlang‘ich sinflar |
Yuqori sinflar |
Jami (yil) |
I-II turlar: |
||||
Kar bolalarning umumiy o‘rta ta’limi |
1 |
1 — 5 |
6 — 10 |
10 |
Zaif eshituvchi va keyinchalik kar bo‘lgan 1-bo‘lim bolalarining umumiy o‘rta ta’limi |
1 |
1 — 4 |
5 — 9 |
9 |
Zaif eshituvchi 2-bo‘lim bolalarining umumiy o‘rta ta’limi |
1 |
1 — 5 |
6 — 10 |
10 |
III-IV turlar: |
||||
Ko‘zi ojiz bolalarning umumiy o‘rta ta’limi |
1 |
1 — 4 |
5 — 10 |
10 |
Zaif ko‘ruvchi bolalarning umumiy o‘rta ta’limi |
1 |
1 — 4 |
5 — 9 |
9 |
V tur: |
||||
Nutqida og‘ir nuqsoni bo‘lgan bolalarning umumiy o‘rta ta’limi |
— |
1 — 5 |
6 — 10 |
10 |
VI tur: |
||||
Tayanch-harakat apparatida nuqsonlari bo‘lgan bolalarning umumiy o‘rta ta’limi |
— |
1 — 4 |
5 — 9 |
9 |
VII tur: |
||||
Psixik rivojlanishi sust bolalarning boshlang‘ich ta’limi (tenglash sinflari) |
— |
1 — 5 |
— |
5 |
VIII tur: |
||||
Aqli zaif bolalar uchun to‘liqsiz umumiy o‘rta ma’lumot |
— |
1 — 4 |
5 — 9 |
9 |
* Barcha turdagi Imkoniyati cheklangan bolalarga mo‘ljallangan maktabda ta’lim olayotgan murakkab nuqsonli (rivojlanishida 2 ta va undan ko‘p nuqsoni bo‘lgan) bolalar toifasi uchun |
||||
Murakkab nuqsonlari bo‘lgan bolalarning (rivojlanishida 2 ta va undan ko‘p nuqsoni bo‘lgan) to‘liqsiz umumiy o‘rta ta’limi |
— |
1 — 4 |
5 — 9 |
9 |
Ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalarga mo‘ljallangan maktabda tayyorlov va I—IV sinflarda faqat ko‘rishi sog‘lom o‘qituvchi-tiflopedagoglar dars berishi mumkin.
Ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalarga mo‘ljallangan maktabda ko‘zi ojiz o‘qituvchilar jami pedagog xodimlar sonining nisbati 30 foizidan oshmagan va bitta fandan dars beruvchi ko‘zi ojiz o‘qituvchilar uchun 50 foizdan ko‘p bo‘lmagan tarzda belgilanadi.
Ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalarga mo‘ljallangan maktabda ko‘zi ojiz o‘qituvchilar ona tili va adabiyot, xorijiy tillar, tarix va ijtimoiy fanlardan (geografiyadan tashqari), matematika va musiqadan ta’lim berishi mumkin.
Imkoniyati cheklangan bolalarga mo‘ljallangan maktabda ta’lim jarayonini psixologik jihatdan ta’minlash muassasa shtatiga kiruvchi psixolog tomonidan amalga oshiriladi.
Davolash jismoniy tarbiya mashqlari davolash jismoniy tarbiya instruktori yoki maxsus tayyorgarlikka ega bo‘lgan o‘qituvchi tomonidan o‘tkaziladi.
Imkoniyati cheklangan bolalarni davolash maktabning shtatidagi tibbiyot xodimlari yoki mazkur muassasalarga biriktirilgan sog‘liqni saqlash muassasalarining tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Tibbiy sog‘lomlashtirish protseduralari, muayyan davolash kurslari har bir bola uchun mashg‘ulotlar jadvali bilan muvofiqlashtirilgan holda individual ravishda tuziladi.
Imkoniyati cheklangan bolalarga ixtisoslashgan maktablarda har bir bolaga tibbiy karta yuritiladi, bolaning muassasada bo‘lish muddati tugagach ota-ona yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga undan ko‘chirma beriladi.
Imkoniyati cheklangan bolalarga ixtisoslashgan maktablarda dori-darmon va fizioterapiya yordamida davolash hamda psixoterapiya, massaj, jismoniy mashqlar, chiniqtirish ishlari olib boriladi.
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi o‘quvchilarini bir sinfdan ikkinchi sinfga o‘tkazish pedagogik kengashning qarori asosida, ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasining tibbiy va pedagog xodimlari xulosasi asosida amalga oshiriladi.
O‘quvchilarni bir ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasidan boshqa ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasiga yoki inklyuziv (uyg‘unlashgan) sharoitda ta’lim olishi uchun umumta’lim muassasasiga o‘tkazish psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyaning xulosasiga ko‘ra, bolaning ota-onasi yoki ular o‘rnini bosuvchi shaxslarning roziligi bilan amalga oshiriladi.