Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 3748 marta o'qildi

Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va salomatligini saqlash bo‘yicha quyidagi kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar:
  • har bir oilaviy poliklinikalar va ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarda mobil guruhlar tashkil qilinadi hamda ular uchun soddalashtirilgan yo‘riqnoma ishlab chiqiladi;
  • laboratoriya tekshiruvi amaliyotiga xususiy sektorni jalb qilgan holda ekspress-test va immunofyerment tahlili usullari kiritiladi;
  • aholi tomonidan murojaat qilinganda hamda ularda kasallik belgilari aniqlanganda tezkorlik bilan koronavirus infeksiyasiga tahlil olish va tahlil natijalarini 3 kunlik muddatda ularni shaxsiy telefon raqamlari orqali xabardor qilish choralari ko‘riladi;
  • tibbiyot muassasalari o‘rtasidagi axborot almashish tizimi soddalashtiriladi – hisobotlar turi, davriyligi va boshqa qog‘ozbozliklar bilan bog‘liq jarayonlar elektron tizimga o‘tkaziladi.

Koronavirusga chalingan bemorlarga uy sharoitida yordam ko‘rsatishning tartibi:
  • har bir oilaviy poliklinika kesimida umumiy amaliyot shifokori va patronaj hamshirasi uchun aniq xonadonlar taqsimlanadi hamda umumiy nazorat oilaviy poliklinika mudiri tomonidan amalga oshiriladi;
  • har bir tuman (shahar) tibbiyot birlashmasida tajribali shifokorlardan iborat bo‘lgan kasallikka chalingan bemorlarni saralash va evakuatsiya qilish, davolash jarayonini monitoring qilish guruhlari tuziladi;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kyengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan har bir tuman (shahar) tibbiyot birlashmasida birlamchi bo‘g‘in shifokorlari bilan tuman (shahar) tibbiyot birlashmasining vrachlari opyerativ maslahatlashish va bemorlar ahvolini to‘g‘ri baholay olish imkonini beradigan aloqa tizimi o‘rnatiladi;
  • oilaviy poliklinika mudiri har kuni kasalligi simptomsiz, yengil kechayotgan bemorlar, ular bilan muloqotda bo‘lgan shaxslar soni, ahvoli, shuningdek davolash muolajalarini olayotgan bemorlarda kasallik kechish dinamikasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni telefon yoki onlayn videoaloqa tizimi orqali tuman (shahar) tibbiyot birlashmasining oilaviy poliklinikalar bo‘yicha koordinatoriga yetkazib boradi;
  • uy sharoitida davolanayotgan bemorlar ahvoli dinamikasida salbiy o‘zgarishlar kuzatilgan taqdirda mobil guruhga murojaat qilib, bemorni tuman (shahar) tibbiyot birlashmasiga tegishli bo‘lgan tibbiyot muassasalariga yotqizish choralarini ko‘radi.

2021-yil 1 yanvardan boshlab:
  • Sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlarining amaldagi oylik ish haqlariga qo‘shimcha ravishda Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega bo‘lganda lavozim maoshiga — 30 foiz, fan doktori (DSc) ilmiy darajalariga ega bo‘lganda — 60 foiz har oylik ustamalar belgilanadi;
  • Sanitariya-epidemiologiya xizmatining ilmiy-tadqiqot muassasalari:
  • bino va inshootlarini saqlash, shuningdek, xodimlar mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha xarajatlarni moliyalashtirish Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga bazaviy moliyalashtirish asosida amalga oshiriladi;
  • rahbar xodimlarining ish haqi budjet mablag‘lari hisobiga fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning ilmiy-texnika dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbar xodimlarining bazaviy lavozim maoshlariga tenglashtiriladi;
  • b) Sanitariya-epidemiologiya xizmatiga moddiy-texnika bazasini yaxshilash va xodimlarni rag‘batlantirish maqsadida aholiga pullik asosda (laboratoriya xizmati, syertifikatsiya, ekspertiza va boshqalar) xizmat ko‘rsatish huquqi beriladi;
  • v) Sanitariya-epidemiologiya xizmati Davlat byudjetidan tizimga ajratilgan mablag‘lar, ularning sarflanish yo‘nalishlari, samaradorlik natijalari yuzasidan ma’lumotlarni har oy yakuni bo‘yicha jamoatchilikka e’lon qiladi va o‘zining rasmiy veb-saytida joylashtirib boradi.

Chat