Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 15765 marta o'qildi

Yo‘l transport hodisasi (YTH) mol-mulkka zarar etkazishdan tashqari sog‘liqqa zarar etkazilgan (o‘lim bilan tugasa) taqdirda, YTH joyini tark etmang.

YTH sodir bo‘lganda quyidagilarni amalga oshirish kerak
  • “103” raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, tez tibbiy yordamni chaqirish;
  • “1050” raqamiga qo‘ng‘iroq qilib FVV xodimini chaqirish (zarur hollarda);
  • “102” raqamiga qo‘ng‘iroq qilib DYHXX chaqirish;
  • sug‘urta qilingan sug‘urta kompaniyasining vakilini chaqirish;
  • YTH ishtirokchilari bo‘lgan avtotransport vositalarining nomerlarini yozib olish hamda suratga tushirish;
  • ogohlantiruvchi avariya signallarini yoqib qo‘yish;
  • avtotranport vositasini joyidan siljitmaslik;
  • zarur hollarda guvohlarning ko‘rsatmasini yozib olish.

  • YTH joyiga kelgan tibbiy tez yordam xodimi jabrlanuvchilarga tez tibbiy yordam ko‘rsatishi, zarur holda ularni kasalxonaga yotqizishi shart.
  • YTH ishtirokchilari tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari lozim.
  • YTH ishtirokchilari sog‘lig‘i haqida akt tuziladi va tegishli ma’lumotnoma tayyorlanadi.
  • YTH joyiga kelgan DYHXX ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma va YTH sxemasini tuzishi, voqea ishtirokchilaridan, shuningdek guvohlardan (zarur bo‘lganda) tushuntirish olishi kerak.
  • Sug‘urta polisi mavjud bo‘lsa – sug‘urta kompaniyasi belgilangan tartibda tovon puli to‘laydi.
  • Sug‘urta polisi bo‘lmagan taqdirda – avtotaransport egasi tovon pulini sud tomonidan belgilangan miqdorda to‘lab beradi.
  • Manfaatdor tomon DYHXX harakatidan yoki qarorlaridan norozi bo‘lgan taqdirda, yuqori turuvchi organga yoki sudga murojaat qilish huquqiga ega.
  • Qonunda sog‘liqqa shikast etkazilganlik (o‘lim) uchun javobgarlik belgilangan.
Chat