Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 8380 marta o'qildi

Er (xotin)ning majburiyatlari bo‘yicha haq undirish faqat er (xotin)ning mol-mulkiga qaratilishi mumkin.

Mol-mulk etarli bo‘lmagan taqdirda kreditor qarzdor er (xotin) ulushini ularning umumiy mol-mulkidan undirib berilishini talab qilishga haqlidir.

Agar sud er (xotin)ning majburiyatlari bo‘yicha orttirilgan barcha ashyolar oila ehtiyojlari uchun ishlatilganligini aniqlasa, haq undirish ularning umumiy mol-mulkiga qaratiladi. Bu mol-mulk etarli bo‘lmagan taqdirda er-xotinning har biri o‘ziga qarashli mol-mulk bilan sherik javobgar bo‘ladilar.


Agar er-xotinning umumiy mol-mulki ularning biri tomonidan jinoiy yo‘l bilan topilgan mablag‘ hisobiga orttirilgani yoki ko‘paygani sud hukmi bilan aniqlangan bo‘lsa, haqni undirish tegishli ravishda er-xotinning umumiy mol-mulkiga qaratilishi mumkin.

Chat