Qarorga ko‘ra, 2026 yil 1 iyundan O‘zbekiston va hamkor davlatlar o‘rtasida suv hamda salqin ichimliklarga nisbatan raqamli markirovka kodlarini o‘zaro tan olish joriy etiladi.
Soliq qo‘mitasi hamkor davlatlarning raqamli markirovka kodlarini O‘zbekiston hududida tan olish bo‘yicha vakolatli organ hisoblanadi.
✅ “Asl belgisi” mahsulotlarini markirovkalash va kuzatib borish milliy axborot tizimi operatori raqamli markirovka maʼlumotlarini qabul qilish, qayta ishlash, saqlash va himoya qilishni taʼminlaydi.
O‘zbekiston hududida shakllantiriladigan va muomalada bo‘ladigan raqamli markirovka maʼlumotlari O‘zbekiston hududida joylashgan data-markazlar doirasida saqlanshi va qayta ishlanishi shart.
⏭️ Tovarlarning raqamli markirovkasi to‘g‘risidagi maʼlumotlar xorijiy davlat organlari va boshqa tashkilotlarga xalqaro shartnomalar asosida hamda axborot xavfsizligi talablariga rioya etilgan holda uzatiladi.