Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

O‘zbekistonda tan olinadigan xalqaro, xorijiy va nodavlat akkreditatsiya tashkilotlari reyestrini yuritish tartibi belgilandi

  • 18.02.2026
  • 77 marta o'qildi

Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasida tan olinadigan xalqaro, xorijiy va nodavlat akkreditatsiya tashkilotlari reyestrini yuritish hamda ularning taʼlim dasturlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha faoliyatini monitoring qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami: 3774, 13.02.2026 y.).


Nizomga ko‘ra, xalqaro, xorijiy va nodavlat akkreditatsiya tashkilotini reyestrga kiritish Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligida tashkil etiladigan Akkreditatsiya tashkilotlari reyestrini yuritish komissiyasining qaroriga binoan bepul amalga oshiriladi.

Reyestrga kiritishning asosiy shartlari:

♦ TOP-300 talik ro‘yxatidagi kamida 5 ta oliy taʼlim tashkilotining taʼlim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazgan bo‘lishi;

♦ umumiy ekspertlarining kamida 30 foizi xorijiy ekspert bo‘lishi (xalqaro va xorijiy akkreditatsiya tashkilotlari uchun);

♦ akkreditatsiya tashkiloti sifatida faoliyat yuritishi uchun vakolatga ega bo‘lishi;

♦ o‘zining veb-saytida xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazgan taʼlim tashkilotlari to‘g‘risida maʼlumotlarning mavjudligi va boshqalar.

Agentlik reyestrga kiritilgan akkreditatsiya tashkilotlarining faoliyatini har 3 yilda bir marotaba monitoringdan o‘tkazishi mumkin.

Chat