Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

2026/2027 o‘quv yili uchun 1-sinfga qabulning boshlanish sanasi eʼlon qilindi

  • 14.04.2026
  • 19 marta o'qildi
Bu yil 1-sinfga 2020 yilgacha tug‘ilgan bolalar qabul qilinadi.

O‘zbekistonda 20 iyundan umumtaʼlim maktablarining birinchi sinfiga qabul boshlanadi.

Joriy yilda 1-sinfga qabul davlat xizmatlari orqali amalga oshiriladigan tuman (shahar) lar soni 64 tadan 135 taga, umumtaʼlim maktablari soni esa 1956 tadan 5689 taga yetkazildi.

Qabul jarayoni 20 iyundan 31 iyulga qadar biriktirilgan mikrohudud doirasida, 1 avgustdan 31 avgustga qadar esa biriktirilgan hududdan tashqarida my.gov.uz yoki Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining elektron xizmatlar portali (my.maktab.uz) orqali amalga oshiriladi.

Amaldagi qonunchilikka muvofiq 1-sinfga bolalar 7 yoshga to‘lgan yili qabul qilinadi.

Unga ko‘ra, 2026-2027 o‘quv yilida 2019 yil 31 dekabrga qadar tug‘ilgan bolalar maktabga qabul qilinadi.

Chat