Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

Endi avtomobil davlat raqamini almashtirish onlayn tarzda amalga oshiriladi

  • 15.04.2026
  • 9 marta o'qildi

Endilikda avtomobil davlat raqami belgisi (nomeri) yaroqsiz holga kelgan yoki shikastlangan bo‘lsa, uni almashtirish uchun navbatlarda turish talab etilmaydi.


Maʼlum qilinishicha, foydalanuvchilar xizmatdan foydalanish uchun portalga kirib, “Shikast yetgan avtotransport vositasining davlat raqami belgisini tiklash” xizmatini tanlashi, arizani to‘ldirib, shikastlangan davlat raqamining fotosuratni yuklashi kerak.

Ariza vakolatli organ tomonidan ko‘rib chiqilgandan so‘ng, arizachiga to‘lov uchun invoys yuboriladi. To‘lov amalga oshirilgandan keyin, fuqaro ko‘rsatilgan hududiy bo‘linmaga borib, eski davlat raqamini topshiradi va yangisini qabul qilib oladi.

Mazkur xizmat uchun to‘lov bazaviy hisoblash miqdori asosida belgilanadi. Jumladan, 1 juft (oldi va orqa) davlat raqami uchun 1 854 000 so‘m (4,5 BHM), 1 dona raqam uchun esa 927 000 so‘m (2,25 BHM) miqdorida to‘lov undiriladi.

Chat