Qarorga muvofiq, kommunal xizmatlardan qarzdorlik mavjud emasligi to‘g‘risida maʼlumotnoma berish pasporti tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, so‘rovnomada shaxsga oid quyidagi maʼlumotlar ko‘rsatiladi:
♦ jismoniy shaxs uchun:
▫️ familiyasi, ismi va otasining ismi;
▫️ pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi maʼlumotlari;
▫️ maʼlumotnoma tili (o‘zbek/rus);
▫️ elektron manzili (mavjud bo‘lsa) va telefon raqami;
▫️ kadastr raqami;
♦ yuridik shaxs uchun:
▪️ to‘liq nomi;
▪️ telefon raqami;
▪️ STIR;
▪️ kadastr raqami;
▪️ abonent hisobraqami (mavjud bo‘lsa).
Davlat xizmati bepul ko‘rsatiladi.
Maʼlumot uchun: 2025 yil 16 sentyabrdagi PQ–286-son qarorda kommunal xizmatlardan qarzdorlik mavjud emasligi to‘g‘risida maʼlumotnoma berish bo‘yicha davlat xizmatini YIDXP (my.gov.uz) orqali joriy etish belgilangan.