Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

Toshkentda har bir tuman maʼlum sohalarga ixtisoslashtiriladi

  • 17.04.2026
  • 10 marta o'qildi

Shavkat Mirziyoyev poytaxtni rivojlantirishning yangi modeliga o‘tish rejalarini maʼlum qildi.


Unga ko‘ra, Toshkent shahridagi 12 ta tumanning har biri alohida iqtisodiy sohaga ixtisoslashtiriladi — gastronomiya, turizm va IT‘dan tortib logistika va elektrotexnikagacha

16 aprel kuni davlat rahbari Toshkentda iqtisodiy o‘sish surʼatlarini oshirish va tadbirkorlar uchun qulay shart-sharoitlarni kengaytirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

Yangi yondashuv asosida joriy yildan boshlab poytaxt tumanlari quyidagi sohalar bo‘yicha ixtisoslashtiriladi:

  • Bektemir tumani — kimyo sanoati va ulgurji savdo;

  • Mirzo Ulug‘bek tumani — kabel sanoati, ilm-fan, taʼlim va IT;

  • Mirabad tumani — oziq-ovqat sanoati, turizm va umumiy ovqatlanish;

  • Uchtepa tumani — zargarlik mahsulotlari, maishiy xizmatlar va chakana savdo;

  • Chilonzor tumani — farmatsevtika, savdo, xizmat ko‘rsatish va sport;

  • Shayxontohur tumani — mebel ishlab chiqarish va gastronomik turizm;

  • Yunusobod tumani — qog‘oz sanoati va turizm;

  • Yashnobod tumani — elektrotexnika va transport-logistika sohasi;

  • Yakkasaroy tumani — yengil sanoat va moliyaviy xizmatlar;

  • Yangixayot tumani — avtomobilsozlik va logistika;

  • Olmazor tumani — qurilish materiallari ishlab chiqarish va taʼlim;

  • Sergeli tumani — metallurgiya, logistika va avtoservis.

Mazkur tizim orqali har bir hududning iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalanish va yangi ish o‘rinlarini yaratish maqsad qilingan.

Chat