2026 yil 15 apreldan boshlab akseptsiz yechib olishlardan foydalanilganda minimal kamaytirilmaydigan qoldiq jori etiladi — kartada har doim kamida 3 ta bazaviy hisoblash miqdori (BHM) saqlanadi. Bu haqda UZCARD Matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Bu shuni anglatadiki, yechib olish endi balansni nolga tushirmaydi: operatsiyalar faqat belgilangan chegaradan ortiq bo‘lgan mablag‘ doirasida amalga oshiriladi.
Akseptsiz yechib olishlar odatda karta egalarining banklar va boshqa moliyaviy institutlar oldidagi majburiyatlarini (masalan, kreditlar, bo‘lib-bo‘lib to‘lash va boshqa majburiyatlar) so‘ndirish uchun qo‘llaniladi, bu esa ushbu mexanizmni to‘lov intizomining muhim qismiga aylantiradi.
O‘zgarishlar UZCARD to‘lov tizimi qoidalariga muvofiq amalga oshirilgan.
Ushbu shartlar Bank tomonidan mijozdan olingan va OTP tasdiqlangan karta rekvizitlariga nisbatan qo‘llanilmaydi.