Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

Avtomototransportlarni jarima maydonchasidan olib chiqish yuzasidan elektron murojaat qilish tartibi belgilandi

  • 30.04.2026
  • 9 marta o'qildi

Hukumat qarori (208-son, 28.04.2026 y.) bilan “Avtomototransport vositalarini jarima maydonchasidan olib chiqish yuzasidan Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga elektron murojaat qilishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi.


Reglamentga ko‘ra, Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati va uning hududiy bo‘linmalari mazkur sohada vakolatli organ hisoblanadi. 

✅ Davlat xizmati quyidagilardan biri orqali ko‘rsatiladi:

▫️ YAIDXP (my.gov.uz);
▫️ Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining mobil ilovasi;
▫️ Davlat xizmatlari markazlari.

Murojaat qiluvchi YAIDXP (my.gov.uz) yoki mobil ilova orqali murojaat qilganda, so‘rovnomani elektron tarzda to‘ldiradi.

✔️ So‘rovnomaga kiritilgan murojaat qiluvchi maʼlumotlarining haqqoniyligi avtomatlashtirilgan tizim orqali tekshiriladi.

Vakolatli organ murojaatni ko‘rib chiqish jarayonida quyidagilarni tekshiradi:

► avtomototransportni jarima maydonchasiga joylashtirish sabablari va ushlab turish asoslari bartaraf etilgani;

► yoki maʼmuriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish ko‘rib chiqilib, qonuniy qaror qabul qilingani.

Murojaatni ko‘rib chiqish natijasiga ko‘ra, yuqoridagilar tasdiqlanganda, murojaat qiluvchiga YAIDXP yoki mobil ilova orqali 1 ish kuni ichida avtomototransportni jarima maydonchasidan olib chiqish mumkinligi haqida xabarnoma yuboriladi.

Chat