Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

Endi bolaning tug‘ilganlik haqidagi maʼlumotnomasini onlayn olish mumkin

  • 18.05.2026
  • 153 marta o'qildi

Maʼlumotnomani olish uchun endi tug‘ruqxonaga murojaat qilish talab etilmaydi — hujjatni bepul onlayn yuklab olish mumkin.


Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz saytida bolaning tug‘ilganligi haqida maʼlumotnoma olish xizmati yo‘lga qo‘yildi.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yildan boshlab tug‘ilishni ro‘yxatdan o‘tkazish kompleks davlat xizmati tartibida amalga oshirilmoqda. Tug‘ruqxona bola haqidagi maʼlumotlarni mustaqil ravishda FHDYO organlariga yuboradi va hujjat avtomatik tarzda shakllantiriladi.

Shu vaqtgacha QR-kodli maʼlumotnomani tug‘ruqxonadan olish talab etilardi. Endi esa uni my.gov.uz orqali bepul yuklab olish mumkin.

Tartib quyidagicha amal qiladi:

• bola tug‘ilishi FHDYO bo‘limida ro‘yxatdan o‘tkazilgandan so‘ng, onaning my.gov.uz portalidagi shaxsiy kabinetiga elektron xabarnoma yuboriladi;

• foydalanuvchi my.gov.uz portaliga shaxsiy identifikatsiya raqami orqali (ERI yoki OneID) kiradi;

• “Maʼlumotnomalar” bo‘limidagi “Tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida maʼlumotnoma” xizmati tanlanib, tayyor hujjat yuklab olinadi.

Mazkur maʼlumotnoma gerbli tug‘ilganlik guvohnomasiga tenglashtiriladi. Xizmat 2023 yil va undan keyin tug‘ilgan bolalar uchun amal qiladi.

Chat