Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

My.gov.uz orqali o‘z nomingizga rasmiylashtirilgan barcha faol bank kartalarini ko‘rish mumkin

  • 02.10.2026
  • 9 marta o'qildi

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida “Bank kartalari” bo‘limi ishga tushirildi. U orqali fuqarolar o‘z nomiga ochilgan plastik va virtual bank kartalari haqidagi ma’lumotni bir joyda ko‘rishi mumkin. Xizmat hozircha test rejimida ishlamoqda.


Plastik va virtual kartalar bir joyda ko‘rinadi

Yangi xizmat orqali foydalanuvchi O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan tijorat banklari tomonidan uning nomiga rasmiylashtirilgan faol plastik bank kartalarini, shuningdek, banklarning mobil ilovalari orqali masofadan ochilgan virtual kartalarini ko‘rishi mumkin.

Xizmatdan foydalanish uchun my.gov.uz portalidagi shaxsiy kabinetga kirib, “Bank kartalari” bo‘limini tanlash kifoya.

Muhim: hozirgi bosqichda xizmat test rejimida ishlayapti va unda faqat O‘zbekiston hududida faoliyat yuritayotgan tijorat banklari tomonidan chiqarilgan kartalar aks etadi.

Kartalarni boshqarish imkoniyatlari ham kengaytiriladi

Prezidentning 2026-yil 15-iyuldagi PQ–265-son qaroriga muvofiq, Yagona portal orqali fuqarolarga o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalari haqida ma’lumot olish bilan birga, kartani bloklash yoki yopish bo‘yicha emitent bankka elektron murojaat yuborish imkoniyatini ham yaratish belgilangan.

Mazkur mexanizm fuqaroga o‘z nomiga ochilgan kartalarni nazorat qilish, jumladan, o‘zi foydalanmaydigan yoki avval ochilgan kartalarni aniqlashda qo‘shimcha qulaylik yaratadi.

Chat