Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

Taʼlim va ilm-fan vazirligi tashkil etiladi

  • 08.10.2026
  • 24 marta o'qildi

“O‘zbekiston Respublikasi Taʼlim va ilm-fan vazirligini tashkil etish to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–213-son, 03.10.2026 y.) qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi negizida Taʼlim va ilm-fan vazirligi tashkil etildi.

Taʼlim va ilm-fan vazirligi quyidagi sohalarda yagona davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha respublika ijro etuvchi hokimiyat organi etib belgilandi:
 

maktabgacha taʼlim va tarbiya;
umumiy o‘rta va o‘rta maxsus taʼlim;
kasbiy taʼlim;
oliy taʼlim;
oliy taʼlimdan keyingi taʼlim;
kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
qo‘shimcha va norasmiy taʼlim.

 Taʼlim va ilm-fan vazirligi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari, shu jumladan, xalqaro shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.

Chat