Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

Isitish mavsumida ayim ehtiyojmand oilalarga 1 million so‘mdan moddiy yordam beriladi

  • 30.10.2026
  • 37 marta o'qildi

“Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor tamoyillariga o‘tish jarayonida aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–236-son, 28.10.2026 y.) qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, 2026/2027-yilgi isitish mavsumida 2026 yil noyabr oyida quyidagilarga 1 mln so‘mdan bir martalik moddiy yordam ajratiladi:

Ijtimoiy reyestrga (Reyestr) kiritilgan oilalarga;
 

  • “mahalla yettiligi” xulosasi asosida Reyestrga kiritilmagan, biroq ijtimoiy-iqtisodiy holati bo‘yicha Reyestrga kiritish mezonlariga mos keladigan oilalarga, jumladan:

  •  oiladagi jon boshiga daromadi minimal isteʼmol xarajatlarining 2 barobaridan oshmaydigan oilalarga;

  •  markazlashtirilgan isitish tizimiga ulangan ko‘p qavatli uylarda yashovchi oilalarga. Bunda mazkur oilalarning har bir aʼzosiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha oylik daromadi Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda minimal isteʼmol xarajatlarining 2 barobaridan hamda Toshkent shahrida 3 barobaridan oshmasligi lozim;

  •  barqaror ish o‘rinlarini yaratish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha tuman (shahar) shtablari qaroriga muvofiq har bir oila aʼzosiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha oylik daromadi yuqorida nazarda tutilgan mezonlardan oshgan ayrim ehtiyojmand oilalarga;

 O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning reyestridagi fuqarolarga, shuningdek, yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar yashayotgan oilalarga.

Chat