Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

Keshbek bahonasida firibgarlik: Telegram’da 50 ga yaqin soxta resurs aniqlandi

  • 23.11.2026
  • 55 marta o'qildi

Soliq qo‘mitasi o‘z nomidan ochilgan Telegram guruhlari, kanallari va botlari haqida ogohlantirdi. Firibgarlar bu resurslarda keshbek uchun chek sotishni taklif qilgan va xavfli ilovalar tarqatgan.


Qo‘mitaning kiberxavfsizlik xizmati monitoring davomida firibgarlar boshqarayotgan 50 ga yaqin ochiq va yopiq resursni aniqladi. Ular orqali keshbekdan daromad olishni va’da qiluvchi referal aksiyalar targ‘ib qilingan, pul evaziga ijara shartnomasini rasmiylashtirish taklif etilgan. Qo‘mita aniqlangan holatlar bo‘yicha Telegram’ning texnik yordam xizmatiga rasmiy murojaat yuborgan.

Shubhali xabar yoki botga duch kelganda

Qo‘mita norasmiy kanallarga obuna bo‘lmaslik va ularni boshqalarga tarqatmaslikni so‘radi. Bunday manbalardagi havolalarni ochmang va ular tarqatgan ilovalarni qurilmangizga o‘rnatmang.

Shubhali kanal, bot yoki xabar haqida Soliq qo‘mitasiga @soliquz_report_bot orqali xabar berish mumkin.

Soliq qo‘mitasining rasmiy ogohlantirishi

Chat