Har bir inson o‘zining samarali va ijodiy mehnat qobiliyatini tasarruf etish va qonun bilan taqiqlanmagan har qanday faoliyat bilan shug‘ullanishning mutlaq huquqiga ega.
Har kim ish beruvchiga bevosita murojaat qilib yoki mehnat organlarining erkin vositachiligida, shuningdek, xususiy bandlik agentliklari xizmatlari orqali ish joyini erkin tanlash huquqiga ega.
Talabalarga ishlashga ruxsat berish taqiqlanmagan. O‘zbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligida hech qanday cheklovlar yo‘q.
Mehnat kodeksining 118-moddasiga ko‘ra, 16 yoshga to‘lgan har bir shaxs mehnat qilish huquqiga ega. Yoshlarni mehnatga tayyorlash uchun umumtaʼlim maktablari, o‘rta maxsus, kasb-hunar o‘quv yurtlarining o‘quvchilarini ularning sog‘lig‘iga hamda maʼnaviy va axloqiy kamol topishiga ziyon yetkazmaydigan, taʼlim olish jarayonini buzmaydigan yengil ishni o‘qishdan bo‘sh vaqtida bajarishi uchun — ular 15 yoshga to‘lganidan keyin ota-onasidan birining yoki ota-onasining o‘rnini bosuvchi shaxslardan birining yozma roziligi bilan ishga qabul qilishga yo‘l qo‘yiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining “Oliy taʼlim to‘g‘risida”gi nizomni tasdiqlash haqidagi 9-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami №1222, 22. 02. 2003) 50-bandiga muvofiq kunduzgi taʼlim shaklida tahsil olayotgan talabalar o‘qishdan bo‘sh vaqtlarida uzi tahsil olayotgan oliy o‘quv yurti va boshqa tashkilotlarda mehnat shartnomasi tuzgan holda ishlashlari mumkinligi belgilangan.
18 yoshga to‘lmagan shaxslar mehnatidan shu toifa xodimlarining sog‘lig‘i, xavfsizligi yoki axloq-odobiga ziyon yetkazishi mumkin bo‘lgan mehnat sharoiti noqulay ishlarda, yer osti ishlarida va boshqa ishlarda foydalanish taqiqlanadi.
Voyaga etmagan shaxsning mehnatidan uning sog‘lig‘i, xavfsizligi yoki maʼnaviyatiga zarar etkazishi mumkin bo‘lgan ishlarda foydalanganlik uchun maʼmuriy va jinoiy javobgarlikni keltirib chiqaradi.
Ishsizlarga ijtimoiy to‘lovlar.
Ishga joylashishda davlatning qo‘shimcha kafolatlari.
O‘zbekiston Respublikasi Kambag`allikni qisqartirish va bandlik vazirligi.
O‘zbekistonda onlayn ish topish uchun ushbu havolaga o‘ting.