Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 114193 marta o'qildi

  • Daromad solig‘ining soliq to‘lovchilari – O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari va O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan daromad oluvchi O‘zbekiston Respublikasi norezidenti bo‘lgan jismoniy shaxslardir.
  • O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidenti – tegishli maqomi o‘ziga nisbatan belgilangan soliq davri boshlanadigan yoki tugaydigan har qanday ketma-ketlikdagi 12 oylik davr davomida 183 kalendar kundan ko‘proq muddat O‘zbekiston Respublikasida haqiqatda bo‘lgan jismoniy shaxs hisoblanadi.
  • Soliq solinadigan baza – soliq solish ob’ektlarining o‘rtacha yillik qoldiq qiymati (o‘rtacha yillik qiymat) soliq davridagi har bir oyning ohirgi kunidagi holatga ko‘ra soliq solish ob’ektlarining qoldiq qiymatlarini (o‘rtacha yillik qiymatlarini) qo‘shishdan olingan summaning o‘n ikkidan bir qismi sifatida ortib boruvchi yakun bilan aniqlanadi.

Soliq bazasi har bir soliq solish ob’ekti bo‘yicha alohida aniqlanadi.       


Jismoniy shaxslarning jami daromadiga quyidagilar kiradi:

1) mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar;
  • Ish beruvchi bilan mehnatga oid munosabatlarda bo‘lgan va tuzilgan mehnat shartnomasiga (kontraktiga) muvofiq ishlarni bajarayotgan xodimlarga hisoblanadigan hamda to‘lanadigan barcha to‘lovlar (ish haqi, premiya, qo‘shimcha to‘lovlar, kompensatsiyalar va b.) mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar deb e’tirof etiladi.

2) mulkiy daromadlar;
  • Jismoniy shaxslarning mulkiy daromadlariga foiz to‘lovlari, dividendlar, mulkni ijaraga berishdan tushgan daromadlar, mulkni sotishdan olingan daromadlar va boshqa daromadlar kiradi.

3) moddiy naf tarzidagi daromadlar;
  • Moddiy naf tarzidagi daromadlar bo‘lib, soliq agenti tomonidan soliq to‘lovchi manfaatlarini ko‘zlab tovarlar (xizmatlar), mulkiy huquqlar haqini to‘lashi, jismoniy shaxsning soliq agenti oldidagi qarzining yuridik shaxs qarori bilan hisobdan chiqarilgan summalari va h.k.

4) boshqa daromadlar.
  • Jismoniy shaxslarning boshqa daromadlariga pensiya va nafaqalar, moddiy yordam, yutuqlar va boshqalar kiradi.


Daromad solig‘ini to‘lash:

  • daromad manbaida;
  • daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida amalga oshiriladi.

Jismoniy shaxslarning daromadlariga solinadigan soliqni daromad manbaida to‘lash – jismoniy shaxsga soliqqa tortiladigan daromadni beradigan yuridik shaxs (to‘lov manbai) tomonidan to‘lanishi degani.

  • Masalan, “ish beruvchi – xodim” munosabatlarida daromad manbai “ish beruvchi” hisoblanadi. Dividend to‘lashda esa korxona daromad manbai hisoblanadi. Shundan kelib chiqib, daromad solig‘ini hisoblash va to‘lashni yuridik shaxslar amalga oshiradi. Shu asnoda, daromad oluvchi jismoniy shaxs qo‘shimcha soliqlar to‘lash majburiyatlaridan holi.
  • Jismoniy shaxslarning daromad manbaida ushlab qolinmagan daromadlari (mulkni ijaraga berish, mol-mulkni sotish, O‘zbekiston hududidan tashqarida olingan daromadlar) deklaratsiya qilinishi kerak. Deklaratsiya asosida soliq to‘lash tartibi bilan havolada tanishing.

Foydali havolalar:

Chat