Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 18382 marta o'qildi

«YERELEKTRON» avtomatlashtirilgan axborot tizimi — er uchastkalarini berish bo‘yicha materiallarni to‘plash, ko‘rib chiqish va unga kiritilgan vakolatli organlar hamda tashkilotlar bilan kelishish tartib-taomillarini amalga oshirish uchun avtomatlashtirilgan axborot tizimi hisoblanadi. 

  • Jamoat ehtiyojlari uchun er uchastkasi ajratish bo‘yicha materiallar O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasi tomonidan tayyorlanadi.      
  • Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari qarori bilan belgilangan buyurtmachi er uchastkasini ajratish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimligiga buyurtma beradi.     

Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun er uchastkasi ajratish bo‘yicha materiallar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan «YERELEKTRON» AAT orqali vakolatli tashkilotlar bilan kelishiladi.

Er uchastkasini ajratish haqidagi hujjatlar yig‘majildiga quyidagilar ilova qilinadi
  • er uchastkasi, jumladan, ularning maydoni (gektarda), er uchastkasining er fondi toifasi, mavjud majburiyatlar, qaysi maqsadga mo‘ljallanayotganligi, zarur holda ball boniteti va boshqalar haqida qisqacha ma’lumot;
  • er uchastkasini topografik xaritada (koordinatali nuqtalari bilan), er uchastkasining chegaralari va manzillarini (aholi punkti va ko‘chalar, ko‘cha bo‘lmaganda esa — mavjud ob’ektdan metr hisobidagi masofa ko‘rsatiladi) hamda er osti va er usti muhandislik tarmoqlari M 1:500 dan M 1:1000 gacha kattalikda ko‘rsatilgan holda joylashtirish rejasi;
  • chegaradosh er uchastkalaridan foydalanish turlari ko‘rsatilgan vaziyat bilan bog‘liq sxema;
  • er uchastkasining kamida ikki tomondan o‘rab turgan ob’ektlar bilan birgalikdagi fotosurati (15x20 sm);
  • buyurtmachi tomonidan taqdim etilgan loyihalashtirilayotgan ob’ektlar bo‘yicha atrof muhitga ta’sir ko‘rsatilishi to‘g‘risidagi bayonnoma loyihasi.

  • Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasining ijobiy xulosasi, Kengashning kelishuvi va vakolatli tashkilotlarning ijobiy xulosalari va kelishuvlari olingandan keyin Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimi 2 kun davomida er uchastkasini jamoat ehtiyojlari uchun ajratish haqida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qarorlarini ishlab chiqish, kelishish va ro‘yxatdan o‘tkazishning yagona elektron — «E-qaror» tizimi orqali qaror qabul qiladi.

Er uchastkalarini ajratish uchun undiriladigan to‘lovldar bilan havolada tanishing.

Chat