Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 10869 marta o'qildi

Tibbiyot tashkilotlarida O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga tibbiy yordam:

  • tuman (shahar) darajasida (pullik tashkilotlar, bo‘lim va palatalar bundan mustasno) — aholining (mijozlarning) barcha toifalariga;
  • viloyat (Toshkent shahri) va respublika darajalarida (pullik tashkilotlar, bo‘lim va palatalar bundan mustasno) — mijozlarning imtiyozli toifalariga ko‘rsatiladi.

Davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy yordam hajmidan tashqari tibbiy va boshqa yordamlar qo‘shimcha hisoblanadi va mijoz tomonidan belgilangan tartibda ularning haqi to‘lanadi.

Viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida quyidagi shaxslarga bepul yordam ko‘rsatiladi
  1. G‘irt etimlar.
  2. I va II guruh nogironlari.
  3. Bolalikdan nogironlar.
  4. 1941—1945-yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek ularga tenglashtirilgan shaxslar.
  5. 1941—1945-yillardagi urush davrida mehnat fronti qatnashchilari.
  6. Yoshiga ko‘ra ishlamayotgan pensionerlar.
  7. Chernobil AESdagi avariyani bartaraf etishda nogiron bo‘lgan shaxslar.
  8. Baynalmilal jangchilar.
  9. «Ijtimoiy himoya yagona reestri» axborot tizimi orqali kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan oilalarning a’zolari.
  10. Ijtimoiy ahamiyatga ega kasalliklarga chalingan shaxslar.
  11. Chaqiruv komissiyalari yo‘llanmalari bo‘yicha 15—17 yoshdagi o‘smirlar va chaqiriq yoshidagi (18—27 yoshar) shaxslarni tekshiruvdan o‘tkazish va davolash. Batafsil havolada.

  • Tibbiy yordamni rad etish yoki noto‘g‘ri tashxis qo‘yish yoxud tibbiyot tashkiloti xodimlarining harakati natijasida yuzaga kelgan murakkab vaziyatlar bilan bog‘liq qo‘shimcha xarajatlar tegishli tibbiyot tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
Chat