Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 8169 marta o'qildi

Tibbiyot muassasalarida ovqatlanish to‘lovidan quyidagi shaxslar (bemorlar) toifalari ozod qilinadi:
  • I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar;
  • bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslar;
  • 1941 - 1945-yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek ularga tenglashtirilgan shaxslar;
  • Chernobilь AESidagi halokat oqibatlarini tugatishda qatnashgan - nogironligi bo‘lgan shaxslar;
  • 1941 - 1945-yillardagi urush yillari mehnat fronti qatnashchilari;
  • Baynalmilalchi jangchilar;
  • chin etimlar;
  • vakolatli organlarda hisobda turuvchi yolg‘iz pensionerlar;
  • 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar, shuningdek o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari;
  • chaqiriq komissiyalari xulosalariga ko‘ra mudofaa ishlari bo‘limlarining yo‘llanmalari bo‘yicha 18 yoshdan 27 yoshgacha bo‘lgan chaqiriq yoshidagilar;
  • «O‘zbekiston Respublikasi faxriy donori» («Pochetnыy donor Respubliki Uzbekistan») ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslar;
  • 1 yoshgacha bolasi bo‘lgan emizikli onalar. Batafsil havolada.

Quyidagi kasalliklar bemorga davolash-profilaktika muassasalarida ovqatlanish to‘lovidan ozod bo‘lish huquqini beradi:
  • OIV kasalligini yuqtirganlar (OITS).
  • onkologik kasalliklar.
  • ruhiy kasalliklar.
  • yuqumli kasalliklar.
  • giyohvandlik kasalliklari.
  • endokrinologik kasalliklar.
  • nurlanish kasalligiga chalingan bemorlar.
  • moxov kasalligi.
  • sifilis.
  • sil kasalligi.
  • shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish chog‘ida bemorlarning shifoxonada bo‘lishi cheklangan muddatlarining tasdiqlangan standartlari bo‘yicha reanimatsiya tadbirlarini va intensiv terapiyani talab etuvchi kasalliklar va holatlar.
  • darajasidan qat’i nazar, kamqonlik kasalligiga chalingan homilador ayollar va tuqqan ayollar. Batafsil havolada.

Ushbu ro‘yxat haq evaziga tibbiy yordam ko‘rsatiladigan tibbiyot muassasalarining byudjetdan tashqari mablag‘lari (o‘z mablag‘lari) hisobiga moliyalashtirish shartlarida faoliyat ko‘rsatuvchi tibbiyot muassasalariga, ularning bo‘limlariga yoki palatalariga tatbiq etilmaydi.

Chat