Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 22236 marta o'qildi

Chet el fuqarolari va fuqaroligi yo‘q shaxslar
  • O‘zbekistonga xususiy hamda xizmat ishlari bo‘yicha, turist sifatida, dam olish, o‘qish, ishlash, davolanish va doimiy yashash uchun kelishlari;
  • O‘zbekiston hududiga kirish, uning hududidan tranzit orqali o‘tish faqatgina kirish vizalari mavjud bo‘lgan (vizasiz rejim amal qiladigan davlat fuqarolari bundan mustasno) hollardagina amalga oshirishlari mumkin.

O‘zbekistonga kirish vizalari berish asoslari
  • taklifning mavjudligi;
  • O‘zbekiston hududi bo‘yicha tranzit o‘tilganda.

Xorijiy fuqarolarga O‘zbekistonga kirish vizalari quyidagi hollarda beriladi

a) O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi konsullik muassasalari tomonidan, bunday konsullik muassasalari mavjud bo‘lmagan taqdirda esa — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining (TIV) ikki tomonlama bitimi mavjud bo‘lgan boshqa davlatlarning konsullik muassasalari tomonidan beriladi.

Bosh konsulliklar, konsulliklar, vitse-konsulliklar, konsullik agentliklari va elchixonalarning konsullik bo‘limlari O‘zbekiston Respublikasining chet ellardagi konsullik muassasalari hisoblanadi;

b) xalqaro aeroport maqomiga ega bo‘lgan O‘zbekiston aeroportlaridagi TIV bo‘linmalari tomonidan beriladi.

Aeroportlarda TIV konsullik muassasalari va bo‘linmalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga kirish vizalari xorijiy fuqarolarning barcha toifalariga beriladi.

v) O‘zbekistonning elektron vizalar rasmiy portali orqali elektron vizalarini rasmiylashtirish.

O‘zbekistonga kirish vizalari 1 yildan ortiq bo‘lmagan muddatga beriladi.

Ayrim fuqarolarga 3 yilgacha muddatga berilishi mumkin.

Kirish vizalarini berganlik va rasmiylashtirganlik uchun konsullik yig‘imlari (davlat bojlari)

► Bir martalik vizalar uchun:

  • 7 kungacha – 40 AQSh dollari;
  • 15 kungacha –50 AQSh dollari;
  • 30 kungacha – 60 AQSh dollari;
  • 3 oygacha – 80 AQSh dollari;
  • 6 oygacha – 120 AQSh dollari.

Izoh: har bir marta takroran olingan viza uchun tarif 10 AQSh dollariga oshadi.

► Ko‘p martalik vizalar uchun:

  • 6 oygacha – 150 AQSh dollari;
  • 1 yilgacha – 250 AQSh dollari.

► Tranzit vizalar uchun:

  • 72 soatgacha – 40 AQSh dollari;
  • 2-martalik tranzit viza uchun – 50 AQSh dollari.

► Guruh vizalari uchun (guruhda 16 yoshga to‘lmagan bolalarni istisno qilganda 5 kishi bo‘lishi kerak):

  • 15 kungacha – har bir kishi uchun 15 AQSh dollari;
  • 30 kungacha – har bir kishi uchun 25 AQSh dollari.

► Vizalar berish chog‘ida amalda qilingan sarf-xarajatlar uchun ham to‘lov undiriladi. Mazkur to‘lov miqdori vizani rasmiylashtirish joyiga bog‘liq.
Kirish vizalari - 1 yildan ortiq bo‘lmagan muddatga beriladi.

Kirish vizalari muddatini uzaytirish

Vizani uzaytirish - amal qilish muddati o‘zgartirilgan yangi viza berish yo‘li bilan amalga oshiriladigan Respublika hududida qonuniy ravishda bo‘lishiga ruxsat berilganligi uzaytirishni bildiradi.

Xorijiy fuqarolarning toifasiga qarab, O‘zbekiston vizalarini amal qilish muddatini uzaytirish Tashqi ishlar va Ichki ishlar vazirligi (hududiy organlari) tomonidan amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi (TIV) va uning O‘zbekiston hududidagi bo‘linmalari tomonidan quyidagi shaxslarning vizalari uzaytiriladi
  • O‘zbekiston TIVda yoki Adliya vazirligida akkreditatsiyadan o‘tgan xorijiy davlatlarning doimiy vakolatxonalari,xalqaro tashkilotlar va matbuot xodimlariga (va ularning qaromog‘ida bo‘lgan oila a’zolariga);
  • rasmiy va parlament delegatsiyalari a’zolariga;
  • diplomatik maqomga ega bo‘lgan boshqa shaxslarga;
  • “a” punkti ostida ko‘rsatilgan, 2-martadan ko‘p bo‘lmagan, xorijiy fuqarolarning taklifi bo‘yicha kelganlarga.

Ko‘p martalik vizalar “a” bandda ko‘rsatilgan xorijiy fuqarolarga ularning akkreditatsiya muddatiga beriladi, “b”,”v” va “g” bandlarda ko‘rsatilgan boshqa fuqarolarga esa 1 yilgacha muddatda beriladi.

Ichki ishlar vazirligi (IIV), hududiy ichki ishlar organlari tomonidan vizalar muddatini uzaytirish

Ichki ishlar vazirligi (IIV), hududiy ichki ishlar organlari tomonidan yuqorida ko‘rsatilmagan xorijiy fuqarolarning uchun O‘zbekistondan kirish vizalarini (chiqish, chiqish-kirish) berish va amal qilish muddatini uzaytirishni amalga oshiradi.

IIV tomonidan 1 yil muddatga beriladigan ko‘p martalik vizalar xorijiy fuqarolarning quyidagi toifalariga va ularning oila a’zolariga beriladi:

a) Investitsiya davlat qo‘mitasida akkreditatsiyadan o‘tgan firma va kompaniyalarning doimiy vakolatxonalari xodimlariga (vakolatxona xodimining akkreditatsiyadan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida);

Viza xorijiy firma yoki kompaniyaning doimiy vakolatxonasining rasmiy iltimosnomasi asosida beriladi.

b) O‘zbekistonda qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan xorijiy banklar yoki boshqa moliya tashkilotlari xodimlariga (xorijiy bank yoki boshqa moliya tashkilotlari shtatiga xorijiy fuqaroni kiritilganligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida).

Viza xorijiy bank yoki boshqa moliya tashkilotining rasmiy iltimosnomasi asosida beriladi.

v) qo‘shma korxona va 100 foiz xorijiy investitsiyali korxona xodimlariga, O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan yoki akkreditatsiyalangan xorijiy firma xodimlariga, ular tomonidan Tashqi migratsiya faoliyati bo‘yicha agentlikning mehnat faoliyatiga ruxsati olinganidan so‘ng agar boshqa ikki tomonlama va ko‘p tomonlama hukumatlararo kelishuvlar ko‘zda tutilmagan bo‘lsa;

Viza korxonaning rasmiy iltimosnomasi asosida beriladi.

g) investitsiya loyihalarini amalga oshirishda ishtirok etuvchi xorijiy kompaniyalarning mansabdor shaxslari va mutaxassislariga.

Viza O‘zbekistonning vazirlik, idora va xo‘jalik birlashmalari rahbarlarining rasmiy iltimosnomasi asosida beriladi.

Davlat boji miqdori (muddatga qarab)
  • 7 kungacha - 40 AQSh dollari;
  • 15 kungacha - 50 AQSh dollari;
  • 30 kungacha - 60 AQSh dollari;
  • 3 oygacha - 80 AQSh dollari;
  • 6 oygacha - 120 AQSh dollari;
  • 1 yilgacha - 160 AQSh dollari.

O‘zbekistonga kirish quyidagi hollarda rad etilishi mumkin
  • milliy xavfsizlikni ta’minlash yoki jamoat tartibini saqlash maqsadida;
  • agar bu O‘zbekiston fuqarolari va boshqa shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun zarur bo‘lsa;
  • agar shaxs xorijiy terroristik, ekstremistik va boshqa jinoiy tashkilotlar faoliyatiga aloqador bo‘lsa;
  • agar shaxs o‘zi haqida shak-shubhasiz yolg‘on ma’lumotlarni xabar qilgan yoki zarur bo‘lgan hujjatlarni taqdim etmaganda;
  • agar shaxslar avvalgi kelish vaqtida ularga kirish-chiqish tartibi yoki xorijiy fuqarolarning O‘zbekistonda bojxona, valyuta yoki O‘zbekistonning boshqa qonunchilikdagi kelish qoidalarini buzganlik faktlari aniqlansa;
  • agar shaxs  jamiyat xavfsizligi va salomatligiga xavf tug‘diruvchi va Sog‘liqni salash vazirligi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatda eslatib o‘tilgan tegishli kasalliklar bilan og‘riyotgan yoki salomatligi buzilgan bo‘lsa;
  • agar unga nisbatan O‘zbekiston hududiga kirishni cheklash to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan bo‘lsa.


Izoh: O‘zbekistonga kirish vizasini rasmiylashtirish va uni uzaytirish uchun Tashqi ishlar vazirligining Diplomatik vakolatxonalarga xizmat ko‘rsatish boshqarmasi xizmatidan foydalanish mumkin.

  • 2019-yil 1 fevraldan boshlab fuqarolari uchun 30 kun muddatga vizasiz rejim joriy qilinadigan mamlakatlar ro‘yxati
  • 2019-yil 1 fevraldan boshlab fuqarolari elektron kirish vizasini olish imkoniyatiga ega bo‘lgan mamlakatlar ro‘yxati

O‘zbekiston Respublikasi vizasi haqida to‘liq va batafsil ma’lumot olish uchun havolaga o‘ting.

Chat