Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 10250 marta o'qildi

Kafillik shartnomasi bo‘yicha kafil boshqa shaxs o‘z majburiyatini to‘la yoki qisman bajarishi uchun uning kreditori oldida javob berishni o‘z zimmasiga oladi.

Kafillik shartnomasi kelgusida vujudga keladigan majburiyatni ta’minlash uchun ham tuzilishi mumkin.


Notarial harakatni ishtirokchilari

  • Kreditor tarafdan: Ishonchnoma orqali Kreditorning nomidan harakat qiluvchi vakili.
  • Kafil tarafdan: Kafil /yoki/ Ishonchnoma orqali Kafilning nomidan harakat qiluvchi vakili.
  • Qarzdor tarafdan: Qarzdor /yoki/ Ishonchnoma orqali Qarzdorning nomidan harakat qiluvchi vakili.

Taqdim etiladigan hujjatlar
  • Asosiy majburiyat haqidagi shartnoma (kredit yoki qarz shartnomasi, mahsulot etkazib berish, kontraktatsiya, transport ekspeditsiyasi va boshqalar) nusxasi;
  • Bitim vakil tomonidan tuzilgan taqdirda, vakolatini tasdiqlovchi hujjat (ishonchnoma).
  • Boshqa hujjatlar (zarur bo‘lsa).



Notarius harakatlaridan norozi bo‘lsangiz O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qiling.

Chat