Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 9660 marta o'qildi

Qurol — tuzilishiga ko‘ra jonli nishonni yoki boshqa nishonni urish, signallar berish uchun mo‘ljallangan qurilmalar va ashyolar. Tuzilishi jihatidan qurolga o‘xshash bo‘lgan xo‘jalik-maishiy va ishlab chiqarish maqsadidagi buyumlar sifatida sertifikatlangan buyumlar, shuningdek tuzilishi jihatidan qurolga o‘xshash bo‘lgan sport aslahalari qurol jumlasiga kirmaydi.

  • Qurol mo‘ljallanilgan maqsadi hamda asosiy parametrlari va tavsiflariga ko‘ra fuqaroviy qurol, xizmat quroli va jangovar qurol turlariga bo‘linadi.
  • O‘zbekiston Respublikasi hududida qurol bilan muomilada quyidagilar taqiqlanadi

Qurol va uning o‘q-dorilarini olish huquqiga quyidagilar ega:
  • maxsus organlar va harbiy tuzilmalar;
  • maxsus xizmat vazifalariga ega yuridik shaxslar;
  • qurol ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar;
  • qurolni realizatsiya qilish bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar;
  • ovchilik va otish sporti sohasidagi faoliyat bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar;
  • qurolni kollektsiyalash yoki ko‘rgazmaga qo‘yish bilan shug‘ullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar;
  • O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari;
  • chet el fuqarolari;
  • O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar.

Yuqoridagilar O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlarining amal qilish muddati 3 oylik bo‘lgan ruxsatnomalari asosida fuqaroviy va xizmat qurolini olish huquqiga ega.

Fuqaroviy va xizmat qurolini olishga doir ruxsatnoma unda ko‘rsatilgan qurolni hamda uning o‘q-dorilarini olish, Milliy gvardiya organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilguniga qadar ularni tashish va saqlash huquqini beradi.

  • Quyidagilarni olish Milliy gvardiya organlarining ruxsatnomalarisiz amalga oshiriladi
  • Litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxslar qurolni realizatsiya qilishi mumkin.
Chat