Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 27401 marta o'qildi

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmalari, bojxona komplekslari va bojxona postlari bojxona organlaridir.

  • Bojxona organlari o‘z vakolatlari doirasida qabul qiladigan qarorlar barcha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ijro etilishi shart.

Bojxona organlari huquqni muhofaza qiluvchi organ hisoblanadi.

Bojxona organlarining asosiy vazifalari:
  • yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari hamda qonun bilan muhofaza etiladigan manfaatlarini himoya qilish;
  • O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish va o‘z vakolati doirasida uning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash;
  • bojxona siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish;
  • bojxona haqidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish va boshqalar.

Bojxona organlari huquqlari:
  • tovarlar va transport vositalarini, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa, jismoniy shaxslarning o‘zini ko‘zdan kechirish;
  • yuridik va jismoniy shaxslardan ko‘zdan kechirish uchun tovarlar va transport vositalarini, shuningdek zarur hujjatlarni taqdim etishni talab qilish;
  • valyuta nazoratini amalga oshirish;
  • moliya, bank va boshqa tashkilotlardan, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslardan eksport-import operatsiyalarini amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan axborot va hujjatlarni hamda qonun hujjatlarida belgilangan boshqa axborotni olish va boshqalar.

 Bojxona organlarining majburiyatlari:
  • yagona davlat bojxona siyosatini ro‘yobga chiqarishda ishtirok etishga;
  • bojxona haqidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi, bojlar to‘g‘ri hisoblanishi, to‘liq va o‘z vaqtida to‘lanishini nazorat qilishga;
  • davlat xavfsizligini, jamoat tartibini saqlash, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish, atrof muhitni muhofaza etish chora-tadbirlari amalga oshirilishiga ko‘maklashishga;
  • bojxona haqidagi qonun hujjatlarini qo‘llanish bo‘yicha belgilangan tartibda uslubiy ko‘rsatmalar va normativ hujjatlar ishlab chiqish hamda ularni nashr etishga;
  • yuridik va jismoniy shaxslarni tovarlar va transport vositalarini olib o‘tish hamda bojxona chegarasidan o‘tish vaqtidagi huquqlari va majburiyatlari to‘g‘risida o‘z vaqtida xabardor qilishga;
  • faoliyat turlari bilan shug‘ullanish huquqini beradigan maxsus ruxsatnomalarni (litsenziyalarni) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda berishga;
  • o‘z xizmat vazifalarini bajarishlari natijasida o‘zlariga ma’lum bo‘lib qolgan davlat siri va tijorat siri hisoblangan axborotni oshkor etmaslikka majburdirlar.

Bojxona organlarining mansabdor shaxslari g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari yoki harakatsizliklari uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tarzda javobgar bo‘ladilar.

Chat