Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 7671 marta o'qildi

Tovar to‘liq ishlab chiqarilgan yoki ushbu bobda belgilangan talablarga muvofiq etarli darajada qayta ishlangan mamlakat tovar ishlab chiqarilgan mamlakat hisoblanadi. Bir guruh mamlakatlar, mamlakatlarning bojxona ittifoqlari, mintaqa va (yoki), tovar ishlab chiqarilgan joyni aniqlash maqsadi ajratib ko‘rsatishni taqozo etsa, biror mamlakatning muayyan qismi tovar ishlab chiqarilgan mamlakat deb hisoblanishi mumkin.

Quyidagi tovarlar muayyan mamlakatda to‘liq ishlab chiqarilgan deb hisoblanadi:

1) uning hududidan, hududiy suvlaridan, qit’a shelьfidan yoki dengiz tubidan qazib olingan foydali qazilmalar, agar mamlakat ushbu er qa’ri boyliklarini qidirish va qazib olish uchun mutlaq huquqqa ega bo‘lsa;
2) mamlakat hududida etishtirilgan yoki yig‘ib olingan o‘simlik mahsulotlari;
3) mamlakatda tug‘ilgan va parvarish qilingan tirik hayvonlar;
4) mamlakatda etishtirilgan o‘simlik mahsulotlaridan va hayvonlardan olingan mahsulot;
5) mamlakatda tayyorlangan ovchilik, baliqchilik va dengiz ovi mahsuloti;
6) mamlakat kemalarida yoki ijaraga olgan (fraxt qilgan) kemalarida jahon okeanida ovlangan va (yoki) tayyorlangan dengiz ovi mahsuloti;
7) mamlakatda amalga oshiriladigan ishlab chiqarish yoki boshqa operatsiyalarning mahsuli bo‘lgan ikkilamchi xom ashyo va chiqindilar;
8) mamlakatga tegishli bo‘lgan yoki u ijaraga olgan kosmik kemalarda ochiq koinotdan olingan yuqori texnologiyalar mahsuloti;
9) mamlakatda ushbu moddada ko‘rsatilgan mahsulotdangina ishlab chiqarilgan tovarlar.

  • Tovarlarni turkumlab etkazishda ular ishlab chiqarilgan mamlakatni aniqlash.
  • Tovarning muayyan mamlakatda ishlab chiqarilganligi tovarning kelib chiqishi to‘g‘risidagi sertifikat bilan tasdiqlanadi.

Tovarning kelib chiqishi to‘g‘risidagi sertifikat tovarning muayyan mamlakatda ishlab chiqarilganligini tasdiqlaydigan, eksport yoki reeksport qiluvchi mamlakatda belgilangan tartib va shaklga muvofiq vakolatli organ tomonidan berilgan, shu jumladan elektron shaklda berilgan hujjatdir.

  • Tovarning kelib chiqishi to‘g‘risidagi sertifikat bojxona rasmiylashtiruvi uchun zarur bo‘lgan bojxona deklaratsiyasi va boshqa hujjatlar bilan bir vaqtda taqdim etiladi. Sertifikat yo‘qolgan taqdirda uni bergan organ tomonidan rasmiy ravishda tasdiqlangan dublikati qabul qilinadi.

Tovarning kelib chiqishi to‘g‘risidagi sertifikat quyidagi hollarda majburiy tartibda taqdim etiladi:
  • O‘zbekiston Respublikasi tarif preferentsiyalari beradigan mamlakatlarda ishlab chiqarilgan tovarlarga;
  • muayyan mamlakatdan olib kirilishi miqdoriy cheklovlar (kvotalar) yoki tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishning boshqa choralari orqali boshqarib turiladigan tovarlarga;
  • bojxona rasmiylashtiruvi uchun taqdim etiladigan hujjatlarda tovarning kelib chiqishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lmaganda yoxud tovarlarning kelib chiqishi to‘g‘risida noto‘g‘ri ma’lumotlar deklaratsiya qilinayotganligiga bojxona organida asoslar mavjud bo‘lganda;
  • agar bu talab O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida va xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan bo‘lsa.

  • Tovarning kelib chiqishi to‘g‘risidagi sertifikatning taqdim etilmaganligi tovarni chiqarib yuborishni rad etish uchun asos bo‘lmaydi.

Tovarning kelib chiqishi to‘g‘risidagi sertifikat mavjud bo‘lmaganda yoki ushbu sertifikatning va (yoki) unda ko‘rsatilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligiga shubha tug‘ilganda tovarga nisbatan bojxona bojining 2 baravar oshirilgan stavkasi qo‘llaniladi.

Chat