Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 64638 marta o'qildi

2021/2022 o‘quv yilidan boshlab, Universitetda professional kadrlarni tayyorlash jarayoniga bakalavriat va magistraturani o‘z ichiga oluvchi ikki bosqichli oliy ta’lim tizimi mavjud.

Universitet quyidagi sohalar uchun malakali kadrlarni tayyorlaydi:
  • Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiya uchun — jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasining tegishincha jamoat tartibini saqlash, yo‘l harakati xavfsizligi va pasport tizimi talablarini amalga oshirish yo‘nalishlarida;
  • Qurolli Kuchlar va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar uchun — harbiy diplomatiya, yurisprudentsiya va iqtisodiyot hamda muhandislik-texnik, tarbiyaviy-psixologik va qo‘mondonlik-taktik faoliyat sohasida;
  • o‘z qo‘riqlash tuzilmalariga ega bo‘lgan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari uchun — qo‘riqlash faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish sohasining barcha yo‘nalishlarida.

Universitetda bakalavriat dasturi bo‘yicha o‘qitish jarayoni ta’limning kunduzgi va sirtqi shakllarida tashkil etilib, bitiruvchilarga oliy ta’limning birinchi bosqichini tamomlaganligini tasdiqlovchi diplom beriladi.

Universitetning sirtqi ta’lim shakli kamida uch yillik harbiy xizmat (xizmat) stajiga ega bo‘lgan Milliy gvardiyaning amaldagi harbiy xizmatchilari (xodimlari) uchun nazarda tutilib, unda o‘qish muddati oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan shaxslar uchun 4 yilni, oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar uchun to‘lov-kontrakt asosida 3 yilni tashkil etadi.

Universitetning yillik qabul kvotasi bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakliga 300 nafargacha kursantlarni, sirtqi ta’lim shakliga 100 nafargacha tinglovchilarni tashkil etadi.

Ta’lim oluvchilarga o‘rnatilgan tartibda stipendiya (pul ta’minoti) to‘lanadi va moddiy ta’minot belgilanadi.

Jamoat xavfsizligi universitetida ta’lim yo‘nalishlari (mutaxassisliklari) ro‘yxati bilan havolada tanishing.

Boshqa tegishli maqolalar

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar

Chat