Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 4143 marta o'qildi

Tug‘ilganlik, nikoh tuzish, nikohdan ajralish va o‘lim fuqarolik holatlari dalolatnomalarini qayd etish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.10.2023-yildagi "Nikoh, oila va fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish to‘g‘risida" nizomga ko‘ra tartibga solinadi.  

Diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalari tomonidan quyidagi fuqarolik holatlari dalolatnomalarini qayd etadi:

  • tug‘ilganlik;
  • nikoh tuzish;
  • nikohdan ajralish;
  • o‘lim.

Dalolatnoma yozuvlarini qayd etish quyidagi holatlarda rad qilinishi mumkin:
  • agar dalolatnoma yozuvini qayd etish qonunchilikka zid bo‘lsa;
  • agar taqdim etilgan hujjatlar ularga nisbatan ushbu Qoidalarda va boshqa qonun hujjatlarida qo‘yiladigan talablarga muvofiq bo‘lmasa;
  • agar dalolatnoma yozuvini qayd ettirish uchun murojaat qilgan shaxs bunga huquqli bo‘lmasa yoki sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan bo‘lsa.

O‘zbekiston Respublikasi konsullik muassasalari tomonidan fuqarolik holatlari dalolatnomalarini qayd etishda konsullik yig‘imi undiriladi.

Chat