Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 10468 marta o'qildi

Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga sanatoriylarda davolanish uchun yo‘llanmalar berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti

  • Sanatoriylarda davolanish uchun yo‘llanmalar DXM yoki my.gov.uz orqali beriladi

  • Ma’muriy reglamentga ko‘ra, 2022-yil 1-iyuldan keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga sanatoriylarda davolanish uchun yo‘llanmalar faqat DXM yoki YaIDXP (my.gov.uz) orqali beriladi.

Yo‘llanmalar quyidagi toifadagi keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladi:

  1. urush nogironlariga va qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslar;
  2. halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning yangi nikohdan o‘tmagan beva xotinlari (beva erlari);
  3. respublika ahamiyatiga molik shaxsiy pensiya oluvchi shaxslar;
  4. Chernobilь AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshidan kechirgan shaxslar, shuningdek, Chernobilь halokati sababli nogiron bo‘lib qolgan shaxslar;
  5. yadro poligonlari va boshqa radiatsiya-yadro ob’ektlarida harbiy xizmatni o‘tagan pensiya yoshidagi shaxslar;
  6. I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar, ko‘zi ojiz I guruh nogironini kuzatib boruvchi shaxs;
  7. o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz keksalar;
  8. yoshga doir pensiya oluvchilar.

Davlat xizmatlari ko‘rsatilgani uchun yig‘im undirilmaydi.  

  • Yo‘llanmalar keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga 12 kunga, yo‘llanmalarning amal qilish muddati boshlanishidan 10 kun oldin (asosli sabablarga ko‘ra qaytarilgan yo‘llanmalar bundan mustasno) beriladi.
  • Yo‘llanmalar faqat ularda ko‘rsatilgan muddatlarda haqiqiy hisoblanadi.
  • Yo‘llanmada ko‘rsatilgan muddatdan oldin sanatoriyga qabul qilinmaydi, sanatoriyga kechikib kelingan kunlar tiklanmaydi.
  • Yo‘llanmadan faqat unda ko‘rsatilgan shaxsgina foydalanishi mumkin. Bitta yo‘llanma bilan bittadan ortiq kishi (jumladan, yosh bolalar ham) qabul qilinmaydi.

 “Elektron sanatoriy” platformasi ishlab chiqiladi. Bunda:

  1. sanatoriylarga yo‘llanma olish uchun murojaat qilgan aholi elektron axborot tizimi orqali hisobga olinadi;
  2. yo‘llanmalar bo‘yicha navbatni kuzatish imkoniyatini beruvchi mexanizmlar joriy etiladi.
Chat