Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 10541 marta o'qildi

Ta’lim kreditlari tijorat banklari tomonidan oliy ta’lim muassasalarining kunduzgi bo‘limlariga to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan talabalarning o‘qishi uchun talabalarning o‘zlariga, ularning ota-onalariga yoki vasiylariga beriladi.

  • Ta’lim kreditlari bakalavriatga o‘qishga qabul qilingan talabalarga 10 yilgacha, magistraturaga o‘qishga qabul qilingan talabalarga 5 yilgacha bo‘lgan muddatga beriladi.

Respublikadagi davlat oliy ta’lim muassasalari, xususiy va xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari hamda ularning filiallari talabalariga kontrakt to‘lovlari uchun ta’lim kredit ajratiladi!

Ta’lim kreditlari uchun quyidagi foiz stavkalari belgilanadi
  • chin etimlarga, «Mehribonlik uylari»da tarbiyalanganlarga hamda bolalikdan I va II guruh nogironligi bo‘lganlarga – nolь foiz stavkasi;
  • talabalarning qolgan toifalariga — 2020-yil 1 yanvardan boshlab foiz xarajatlarining bir qismini «Yoshlar — kelajagimiz» jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan kompensatsiya qilish mexanizmidan foydalanish imkoniyati bilan bozor stavkalari belgilanadi.

 

  • Ta’lim kreditlari bo‘yicha foiz stavkasi Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi o‘zgarishiga qarab o‘zgarishi mumkin, bu kredit shartnomasida qayd etilishi kerak.
  • Kam ta’minlangan oilalardan bo‘lgan talabalar uchun kredit bo‘yicha foizlarning 50 foizi Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘laridan to‘lanadi. Buning uchun tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlariga murojaat qilish lozim.
  • Ta’lim kreditlari, qoida tariqasida, qarz oluvchining (talaba, ota-ona yoki vasiy) yashash joyida joylashgan bank filiallari tomonidan beriladi.

Ta’lim kreditini olish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi
  • ta’lim kreditini olish uchun ariza;
  • talaba va oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida tuzilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish haqidagi shartnoma (kontrakt);
  • kreditni qaytarishning ta’minlanishi to‘g‘risida hujjat (masalan, jismoniy yoki yuridik shaxslarning kafolati, mol-mulk yoki qimmatli qog‘ozlar garovi, kreditning qaytarilmasligi xavfini sug‘urtalash haqidagi sug‘urta polisi);
  • imtiyozli ta’lim kreditlari olish huquqiga ega bo‘lgan chin etimlar, «Mehribonlik uylari»da tarbiyalanganlar, bolalikdan I va II guruh nogironligi bo‘lganlar, kam ta’minlangan oilalardan chiqqanlar tegishli tasdiqlovchi hujjatlarni ham taqdim etishadi.


Kredit berish
  • Ta’lim kreditlari bo‘yicha mablag‘lar kredit shartnomasida qayd etilgan shartlarda har yarim yilda o‘qish uchun yillik to‘lovning to‘liq miqdorini ikki teng qismga bo‘lish yo‘li bilan o‘tkaziladi. Bunda yangidan qabul qilingan talabalar uchun birinchi yarim yillikda o‘qiganlik uchun boshlang‘ich to‘lov joriy yilning 1 oktyabrigacha, ikkinchi yarim yillik uchun — navbatdagi kalendarь yilning 15-martigacha to‘lanadi.
  • O‘qishning ikkinchi yilidan boshlab kredit hisobiga to‘lovlar har yarim yillik birinchi oyi (sentyabrь va mart)ning 5-kunidan kechiktirilmay to‘lanadi.

Chat