Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 6202 marta o'qildi

Uy-joyni ijaraga berish shartnomasi 5 yildan ortiq bo‘lmagan muddatga tuziladi. Agar shartnomada muddat ko‘rsatilgan bo‘lmasa, u 5 yilga tuzilgan hisoblanadi.

  • 1 yilgacha muddatga tuzilgan uy-joyni ijaraga berish (qisqa muddatli ijara) shartnomasiga nisbatan, agar shartnomada boshqa hol nazarda tutilgan bo‘lmasa, ushbu Fuqarolik Kodeksi 606-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida, 609-moddasida, ushbu moddaning uchinchi qismida, 613 va 614-moddalarida nazarda tutilgan qoidalar qo‘llanmaydi.

Ijaraga oluvchi yangi muddatga shartnoma tuzishda imtiyozli huquqqa ega.

  • Agar ijaraga beruvchi uy-joyni bir yildan kam bo‘lmagan muddatda ijaraga bermaslikka qaror qilgan bo‘lsa, u yangi muddatga shartnoma tuzishni rad qilishga haqli.
Chat