Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 7162 marta o'qildi

Taekvondo (WT)ni olimpiya sport turi sifatida ommalashtirish, yoshlar orasidan sportchilarni saralab olish tizimini yaxshilash, milliy terma jamoalarimizning nufuzli sport musobaqalarida yuqori natijalarga erishishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 29.07.2022-yildagi PQ-337-sonli qarori qabul qilindi

Quyidagilar 2022 — 2024-yillarda taekvondo (WT) sport turini (keyingi o‘rinlarda — taekvondo) rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilandi:
  • taekvondoni aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilish, iqtidorli sportchilarni, shu jumladan sportchi-ayollarni aniqlash, tanlash va saralash (selektsiya) hamda ularni professional sportchilar sifatida tayyorlashning yangi tizimini yo‘lga qo‘yish;
  • maktabgacha yoshdagi bolalarda taekvondoning «Pumse» (poomsae) yo‘nalishiga qiziqish uyg‘otish orqali nafas olish, xotira va kontsentratsiyani yaxshilash, vestibulyar apparatni chiniqtirish kabi sog‘lomlashtirish ishlarini olib borish, shuningdek, istiqbolda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) bilan hamkorlikda «Kids taekvondo» loyihasini ishga tushirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
  • ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar, mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, ko‘p bolali oilalar farzandlarining taekvondo bilan shug‘ullanishi uchun hududlarda «Taekvondo (WT) hamma uchun» dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish; va boshqalar

Taekvondo (WT) sport turini 2022-2024-yillarda kengroq rivojlantirish dasturi.

O‘zbekiston taekvondo (WT) assotsiatsiyasining 2023-yildan boshlab har yili an’anaviy tarzda:
  • respublikaning barcha hududlarida 4-sentabrьButunjahon taekvondo kuniga bag‘ishlangan taekvondo festivali;
  • taekvondo va parataekvondo bo‘yicha «G2» darajasidagi nufuzli «Uzbekistan Open» xalqaro turniri;
  • taekvondo bo‘yicha umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari, shuningdek, o‘rta-maxsus, professional va oliy ta’lim tashkilotlarining o‘quvchi va talabalari o‘rtasida «Vazir kubogi» musobaqalarini o‘tkazish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.

2023-yil 1 sentyabrga qadar Taekvondo akademiyasining qurilishini yakunlash bo‘yicha topshiriq berildi.

Quyidagilar Taekvondo akademiyasining asosiy vazifalari etib belgilandi:
  • taekvondo, shu jumladan parataekvondo (WT) bo‘yicha sportchilar, trenerlar, trener-selektsionerlar, hakamlar va boshqa mutaxassislarning kasbiy mahorati va malakasini oshirish;
  • taekvondo, shu jumladan parataekvondo (WT) bo‘yicha professional, yuqori malakali sportchilar, trenerlar, trener-selektsionerlar, hakamlar va boshqa mutaxassislarni xalqaro talablar asosida tayyorlashga ko‘maklashish;
  • taekvondo, shu jumladan parataekvondo (WT) bo‘yicha o‘quv dasturlar va metodologiyani yangilash, yoshlarning tayyorgarlik jarayoniga ilg‘or innovatsion texnologiyalarni joriy etish;
  • mahalliy va xorijiy mutaxassislar ishtirokida seminar-treninglar, master-klasslar, o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etish.

2022-yil 1 oktyabrdan boshlab Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida «Taekvondo va sport faoliyati» fakulьteti huzurida Sportchilarni ilmiy-uslubiy va tibbiy-biologik ta’minlash muammolari laboratoriyasi tashkil qilindi va uning faoliyati universitetning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan moliyalashtirildi.

Chat