Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 12187 marta o'qildi

O‘lim haqidagi tibbiy guvohnoma har bir o‘lim hollarida tibbiy muassasa yoki sud-tibbiy ekspertiza byurosi tomonidan beriladi.

  • FHDYo organlariga o‘lim haqidagi guvohnoma hamda dafn marosimiga bir martalik nafaqa pulini to‘lash uchun ma’lumotnoma olish uchun taqdim etiladi.

  • O‘lim haqidagi tibbiy guvohnoma uni to‘ldirgan shifokor (felьdsher) yoki sud-tibbiy ekspertiza byurosi eksperti tomonidan imzolanib, tibbiy muassasa yoki sud-tibbiy ekspertiza byurosining gerbli muhri bilan tasdiqlanadi.
  • O‘lim haqidagi tibbiy guvohnoma yo‘qotib qo‘yilgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda manfaatdor shaxsning yozma arizasiga ko‘ra «dublikat» belgisi qo‘yilgan yangi o‘lim haqidagi tibbiy guvohnoma to‘ldirilib berilishi mumkin.

Vakolatli organ: tibbiy muassasalar va sud-tibbiy ekspertiza byurolari.

Taqdim etiladigan hujjatlar: shifokor tomonidan bemor sog‘lig‘ini kuzatish natijalari, uning o‘limigacha bo‘lgan sog‘lig‘i holatini batafsil yorituvchi tibbiy hujjatlarga patologoanatomik tekshiruv natijasi bo‘yicha tuzilgan xulosa.

Xizmat uchun to‘lov: bepul.

Normativ hujjatlar

 
 
Chat