Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 5616 marta o'qildi

Mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodim bilan hisob-kitob qilinishi kerak.

 

Hisob-kitob xodimga:
  • oxirigacha olinmagan ish haqini;
  • xodim tomonidan foydalanilmagan barcha asosiy va qo‘shimcha ta’tillar uchun kompensatsiyalarni;
  • agar mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda yoki mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda yoxud mehnat shartnomasida boshqa to‘lovlarni to‘lash nazarda tutilgan bo‘lsa, ushbu to‘lovlarni to‘lashni o‘z ichiga oladi.

Ish beruvchi tomonidan xodimga tegishli bo‘lgan barcha summalarni to‘lash xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan kunda amalga oshiriladi.

Agar xodim mehnat shartnomasi bekor qilingan kuni ishlamagan bo‘lsa, tegishli summalar hisob-kitob qilish to‘g‘risida xodim tomonidan talab qo‘yilganidan keyin 3 kundan kechiktirmay to‘lanishi kerak.

O‘zi bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan xodimga mehnat shartnomasi bekor qilinganidan keyingi davrda biror-bir to‘lovlar (oy, chorak, yil yakunlari bo‘yicha mukofotlar) hisoblangan taqdirda, ushbu to‘lovlar xodim tomonidan tegishli talab qo‘yilganidan keyin 3 kundan kechiktirmay amalga oshiriladi.

Mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodimga tegishli bo‘lgan summalarning miqdorlari to‘g‘risida nizo chiqqan taqdirda, ish beruvchi unga shak-shubhasiz tegadigan summani ushbu moddaning uchinchi qismida ko‘rsatilgan muddatda to‘lashi shart.

  • Mehnat shartnomasi ushbu Kodeksning 173-moddasi ikkinchi qismida sanab o‘tilgan asoslarga ko‘ra bekor qilinganda, hisob-kitob qilish chog‘ida ish beruvchi xodimga ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan to‘lovlardan tashqari ishdan bo‘shatish nafaqasini to‘lashi shart.
  • Xodimni mehnat shartnomasi bekor qilinishi to‘g‘risida ogohlantirishning ushbu Kodeksning 165-moddasida nazarda tutilgan muddati mutanosib pulli kompensatsiya bilan almashtirilgan taqdirda mehnat shartnomasi ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilinganda ish beruvchi xodimga tegishli kompensatsiyani to‘lashi shart.
Chat