Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 3786 marta o'qildi

1. Davlat qo‘mitalari raislari Vazirlar Mahkamasi a’zolari tarkibidan chiqarildi.

2. Hukumat zimmasiga barqaror iqtisodiy o‘sishni, makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, qulay investitsiyaviy muhitni yaratish, hududlarni kompleks va barqaror rivojlantirish va boshqalar bo‘yicha qo‘shimcha mas’uliyat yuklatildi.

  • Vazirlar Mahkamasi, shuningdek ijro etuvchi hokimiyati organlari faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni, qonuniylik va samaradorlikni ta’minlash, davlat xizmatlarining sifatini oshirish va ulardan foydalanish imkoniyatini kengaytirish bo‘yicha choralar ko‘radi.

3. Ilk marotaba Konstitutsiyada viloyat, tuman va shahar xokimlarining vakolatlari aniq belgilandi, shular qatorida:

  • O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini va Oliy Majlis palatalarining qarorlarini, Prezident farmonlari, qarorlari hamda farmoyishlarini, Vazirlar Mahkamasining qarorlarini, yuqori turuvchi organlar qarorlarini, shuningdek xalq deputatlari tegishli Kengashi qarorlarini ijro etish; 
  • hududlarni iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ekologik jihatdan rivojlantirishni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish; 
  • mahalliy byudjetni shakllantirish va ijro etish va boshqalar.
Chat