Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 1948 marta o'qildi

Notarius qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda kreditorga topshirish uchun qarzdordan depozitga pul summalari va qimmatli qog‘ozlarni qabul qiladi.

Depozitga chet el valyutasidagi pul summasini ham topshirish mumkin.

Hizmatni olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar:

1. Jismoniy shaxslar tomonidan pul summalari va qimmatli qog‘ozlarni qabul qilishda notarius quyidagi hujjatlarni talab qiladi:

  • Fuqarolarning shaxsi quyidagi hujjatlarga asosan aniqlanadi:
  • O‘zbekiston fuqarolarining shaxsi — O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti;
  • harbiy xizmatchilarning shaxsi — harbiy qismlar va harbiy muassasalar qo‘mondonligi tomonidan beriladigan shaxsiy guvohnomalar yoki harbiy biletlar (harbiy xizmatga majbur fuqarolarning harbiy bileti bundan mustasno);
  • et el fuqarolarining shaxsi — ularning milliy pasporti (qonun hujjatlariga muvofiq chet el fuqarolari tegishli ichki ishlar organlari tomonidan ro‘yxatga olinishi lozim) yoki O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi yoxud diplomatik pasporti yoki O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilinganligini tasdiqlovchi akkreditatsiya kartochkasi;
  • fuqaroligi bo‘lmagan shaxs uchun — O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi.

2. Pul summalari va qimmatli qog‘ozlarni qabul qilish haqida yozma ariza;

3. Pul summalari va qimmatli qog‘ozlarni depozitga qabul qilish uchun asoslar (qarz shartnomasi, sud hujjatlari va boshqalar);

4. Pul summalari va qimmatli qog‘ozlar topshiriladigan kreditorlarning ro‘yxati;

5. Kreditor joylashgan manzilni tasdiqlovchi hujjat.

6. Boshqa hujjatlar (zarur bo‘lsa).

Muhim: Depozitdagi kreditorlarga berilishi lozim bo‘lgan pul summalari va qimmatli qog‘ozlar uch yil mobaynida saqlanadi. Ushbu muddatlar o‘tgandan keyin talab qilib olinmagan pul summalari va qimmatli qog‘ozlar O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjetiga o‘tkaziladi.

Chat