Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 2337 marta o'qildi

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi Qonun hamda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizom bilan belgilanadi.

Harbiy xizmatda bo‘lish yoshining chegarasi:

  • kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tayotgan oddiy askarlar (matroslar), serjantlar (starshinalar) va kichik ofitserlar uchun — 45 yosh;
  • katta ofitserlar uchun — ellik yosh, polkovniklar (I rang kapitanlari) uchun — 55 yosh;
  • general-mayor, general-leytenant va general-polkovnik harbiy unvonidagi ofitserlar uchun — 60 yosh etib belgilanadi.

Harbiy xizmatda bo‘lish yoshi chegarasiga etgan, ilmiy darajasi va ilmiy unvoni, shuningdek egallab turgan lavozimida yuksak kasbiy tayyorgarligi, katta amaliy ish tajribasi bo‘lgan, sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra harbiy xizmatni o‘tashga yaroqli harbiy xizmatchilarning xizmat muddati harbiy xizmat nazarda tutilgan vazirliklar va idoralar rahbarlari yoki shunday vakolatlar berilgan boshqa mansabdor shaxslar tomonidan harbiy xizmatda bo‘lish yoshining chegarasidan 5 yilgacha bo‘lgan muddatga uzaytirilishi mumkin.

Chat