Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 342 marta o'qildi

Haqiqiy harbiy xizmatda bo‘lishning boshlanishi deb: 
  • muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan chaqiriluvchilar hamda zaxiradagi ofitserlar uchun — harbiy qismga jo‘nash maqsadida mudofaa ishlari organida hozir bo‘lgan kun;
  • kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kirgan shaxslar uchun — harbiy xizmatni o‘tash to‘g‘risidagi kontrakt kuchga kirgan kun;
  • oliy harbiy ta’lim muassasalariga, shuningdek vazirliklar va idoralarning o‘qish harbiy xizmatga tenglashtiriladigan ta’lim muassasalariga o‘qishga kirgan chaqiriluvchilar, harbiy xizmatga majburlar uchun — tegishli ta’lim muassasasiga o‘qishga qabul qilingan kun;
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan harbiy lavozimga tayinlangan shaxslar uchun — tegishli farmon, qaror yoki farmoyish imzolangan kun hisoblanadi.

Harbiy xizmatdan rezervga bo‘shatilishi yoki iste’foga chiqarilishi munosabati bilan harbiy qism komandirining buyrug‘iga binoan shaxsiy tarkib ro‘yxatidan chiqarilgan kun harbiy xizmatchi uchun harbiy xizmatda bo‘lishning tugashi hisoblanadi.

Harbiy xizmatchi uning harbiy xizmat muddati tugagan kuni shaxsiy tarkib ro‘yxatidan chiqarilishi shart, quyidagi hollar bundan mustasno, agar harbiy xizmatchi:

  • statsionar davolanishda bo‘lsa;
  • homiladorlik va tug‘ish ta’tilida (harbiy xizmatchi ayollar) yoki bolani parvarishlash ta’tilida bo‘lsa;
  • asirda bo‘lsa, garovda ushlab turilgan bo‘lsa;
  • bedarak yo‘qolgan bo‘lsa — qonunda belgilangan tartibda bedarak yo‘qolgan deb topilguniga yoki vafot etgan deb e’lon qilinguniga qadar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan boshqa hollarda.
Chat