Fuqaro o‘zining barcha mol-mulkini yoki uning muayyan qismini:
Vasiyat qiluvchi bir yoki bir nechta qonuniy merosxo‘rni sababini ko‘rsatmasdan merosdan mahrum qilishga haqli.
Vasiyatnoma shaxsan tuziladi, yozilgan joyi va vaqti ko‘rsatilib, yozma shaklda rasmiylashtiriladi.
Vasiyat qiluvchi istalgan vaqtda:
Buning uchun merosxo‘rlarning yoki boshqa shaxslarning roziligi talab qilinmaydi.
Muhim! Yangi vasiyatnoma avvalgi vasiyatnomani to‘liq yoki unga zid bo‘lgan qismida bekor qiladi.
Vasiyatnoma notarial tasdiqlangan yoki qonunda belgilangan hollarda notarial tasdiqlangan vasiyatnomaga tenglashtirilgan bo‘lishi mumkin.
Vasiyat erkinligi mutlaq emas. Meros qoldiruvchining:
vasiyatnoma mazmunidan qat’i nazar, qonun bo‘yicha ularga tegishi lozim bo‘lgan ulushning kamida yarmini majburiy ulush sifatida oladi.
Vasiyat qiluvchi merosxo‘r zimmasiga bir yoki bir nechta shaxs foydasiga muayyan mulkiy majburiyatni bajarish vazifasini yuklashi mumkin.
Merosxo‘r bu majburiyatni o‘ziga o‘tgan merosning qarzlar chegirilgandan keyingi haqiqiy qiymati doirasida bajaradi.
E’tibor bering! Vasiyatnoma mavjudligi meros qoldiruvchining qarzlarini bekor qilmaydi. Qarzlar meros tarkibida hisobga olinadi.
Tartib O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksining 1120–1133 va 1142-moddalari bilan belgilangan.