Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 100861 marta o'qildi

Bog‘chaga to‘lanadigan ota-onalar puli miqdori bilan quyida tanishing.

  • Bog‘chada to‘lovning bir kunlik qiymati bir oylik to‘lov miqdori shu oy mobaynidagi ish kunlari soniga bo‘lish orqali aniqlanadi.  

2022-yil 1 apreldan boshlab:
boquvchisini yo‘qotgan xotin-qizlarning:

  • farzandlari davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga to‘lanadigan ota-onalar badalidan ozod qilinsin;
  • 3 yoshgacha bo‘lgan farzandlari uchun nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga Davlat byudjetidan subsidiyalar belgilangan tartibda ajratilsin.

Agar bitta oiladan 2 va undan ortiq bolalar turli bog‘chalarga qatnasa, ota-onalar bir farzandi boradigan bog‘chaga ikkinchi farzandi boradigan bog‘chadan uning qatnashi to‘g‘risida ma’lumotnomani taqdim etishi lozim.

  • Bog‘chalarda to‘lovlar har oyning 15-sanasidan kechiktirmasdan to‘lanadi. Oyning 15-sanasidan keyin kelgan bolalar ta’minoti uchun to‘lovlar esa, bola kelgan kundan boshlab 3 kun ichida to‘lanadi. Bunda to‘lovlar bolaning shu oyda bog‘chaga qatnaydigan kunlarga mutanosib ravishda to‘lanadi.
  • Bog‘chalarda to‘lovlar banklar (jamg‘arma kassalar) orqali naqd pul yoki naqd pulsiz shaklda (bank plastik kartochkalari orqali va pul o‘tkazish yo‘li bilan) to‘lanadi. Bunda to‘lovning amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi bog‘chaga taqdim etiladi.

To‘lovlarni vaqtida to‘lamaslik oqibatlari
  • Ota-onalar tomonidan to‘lovlarni belgilangan miqdorda va/yoki muddatlar o‘tgach 2 hafta mobaynida uzrli sabablarsiz to‘lanmamlik bolaning bog‘chada bo‘lishini to‘xtatish uchun asos bo‘ladi.
  • Bog‘chaga amalga oshirilmagan to‘lov 60 kun ichida to‘lab berilganda, bolani tegishli bog‘chaga tiklash majburiy tartibda amalga oshiriladi. Mazkur muddat o‘tib ketgan taqdirda, bog‘chaga bolani tiklash yangi qabul qilingan bolalar uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Bog‘cha pulini to‘lashdan ozod qilish
  • Bog‘chada bolalar umumiy sonining 15 foizi doirasida kam ta’minlangan oilalar farzandlari to‘lovdan ozod qilinadi.
  • Bunda birinchi navbatda ota-onalaridan biri yoki ikkalasi I yoxud II guruh nogironligi bo‘lgan kam ta’minlangan oila farzandlariga, shuningdek o‘rtacha oylik jami daromadi eng past darajada bo‘lgan kam ta’minlangan oila farzandlariga imtiyoz beriladi.
  • To‘lovdan ozod qilinadigan kam ta’minlangan oila farzandlari ro‘yxati mahalla tomonidan berilgan oilaning mulkiy ahvoli to‘g‘risida ma’lumotnomaga va tegishli bog‘cha ota-onalar qo‘mitasining xulosasiga asosan aniqlanadi va shakllantiriladi.
  • To‘lovdan ozod qilinadigan kam ta’minlangan oila farzandlari ro‘yxati har o‘quv yilining 25-sentabrь kuniga qadar tasdiqlanadi.
  • Ro‘yxatiga kirmay qolgan, shuningdek yil davomida aniqlangan kam ta’minlangan oilalar farzandlari hisobidan zaxira shakllantiriladi.
  • To‘lovdan ozod qilingan bolalarning bog‘chaga qatnashi to‘xtatilishi natijasida bo‘shab qolgan o‘rinlar mazkur zahiradan to‘ldirib boriladi.

Quyidagi kasalliklar mavjud bolalar uchun bog‘cha puli to‘lanmaydi:
  • Nutqidagi og‘ir nuqsonlar (rinolaliya, duduqlanish, bolalar afaziyasi, ruhiy-nutqiy rivojlanishda orqada qolish).
  • Eshitishdagi og‘ir nuqsonlar (II — IV darajadagi karlik).
  • Ko‘rishdagi og‘ir nuqsonlar (ko‘zi ojizlar, bir ko‘zi soqqasi yo‘qligi (anoftalьm), ambliopiya va g‘ilay bo‘lgan zaif ko‘radiganlar).
  • Tayanch-harakatlanishidagi nuqsonlar (bosh miya, bo‘yin, ko‘krak qafasi, umurtqa, bo‘g‘imlar va oyoqlar operatsiyalarining barcha turlaridan keyingi holati; bo‘yin, ko‘krak qafasi, umurtqaning idiapatik deformatsiyalari; kifoz; lordoz; kifoskolioz; oyoq panjalari falaji; tayanch-harakatlanish a’zosi rivojlanishi anomaliyalari; artrozoartritlar; ostexondropatiya; xondrodistrofiya; bolalar tserebral falaji; meningoentsefalitga chalingandan keyin hamda tug‘ruq asoratlaridan keyingi tayanch-harakatlanish a’zolarining barcha patologiyalari (gemiparez, paraparez, monoparez va shu turdagi plegiyalar); poliradikulonevritlar va ularning asoratlari).
  • Psixik rivojlanishda orqada qolish (aqliy orqada qolish (aqliy faoliyatining orqada qolishi va aqliy zaiflikning engil darajasi).
  • Murakkab nuqsonlar (rivojlanishda ikki va undan ortiq nuqsonlar mavjudligi).
  • Sil kasalligining ilk ko‘rinishi (sil kasalligi bilan kasallangan bemor bilan bir oiladan (xo‘jalikdan) bo‘lib aloqada bo‘lganlar, tubviraj), shuningdek sil kasalligidan keyingi tiklash davri.

Bunday bolalarni ozod qilish tegishli tibbiyot muassasasining ma’lumotnomasiga asosan amalga oshiriladi.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar ta’minoti uchun to‘lov hisob-kitobi:
  • Bolaning yoki oila a’zolarining kasalligi, karantin holatida bo‘lganligi tufayli, shuningdek ota-onalardan birining ishdan (o‘qishdan) bo‘sh vaqti davrida yoki boshqa sabablarga ko‘ra bola maktabgacha ta’lim tashkilotiga ketma-ket 3 kundan ortiq kelmagan davri uchun to‘langan to‘lovlar keyingi to‘lovlarni amalga oshirishda hisobga olinadi. Bunda bolaning kelmagan kunlari soni bir kunlik to‘lov miqdoriga ko‘paytirilib, keyingi to‘lov summasi chiqqan summaga kamaytiriladi. Agar bolaning kelmagan kunlari uchun to‘lov hali amalga oshirilmagan bo‘lsa, to‘lanishi lozim bo‘lgan to‘lov miqdori u kelmagan kunlari uchun hisoblangan to‘lov summasiga kamaytiriladi.
  • Bolaning yoki uning oila a’zolarining kasalligi, karantin holatida bo‘lganligi tufayli bolaning maktabgacha ta’lim tashkilotiga kelmaganligi tegishli davolash-profilaktika muassasasi yoki uchastka shifokori tomonidan beriladigan ma’lumotnoma bilan tasdiqlanishi shart.
  • Ota-onalardan birining ishdan (o‘qishdan) bo‘sh vaqti davrida yoki boshqa sabablarga ko‘ra bola maktabgacha ta’lim tashkilotiga kelmasligiga ota-onalardan birining sababi ko‘rsatilgan holda maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbariyati nomiga oldindan yozgan arizasi (bildirishnomasi) asos bo‘lib hisoblanadi. Bunda bolaning bir yilda ko‘pi bilan 60 kundan ortiq bo‘lmagan muddatgacha maktabgacha ta’lim tashkilotiga kelmasligiga ruxsat beriladi.
  • Bolaning uyda qolgan boshqa barcha hollarida maktabgacha ta’lim tashkilotida bola ta’minoti uchun to‘lovlar umumiy asoslarda to‘lanadi.

Chat