Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 2450 marta o'qildi

Agar bagaj manzilga etib kelmasa tashuvchi tomonidan belgilangan shakl bo‘yicha dalolatnoma tuziladi va bir nusxasi yo‘lovchiga beriladi.

Bunday holda yo‘lovchi yoki uning vakili bagajning tashilishi buzilgan hollarda tashish yo‘nalishidagi birinchi yoki oxirgi tashuvchiga zararni qoplash to‘g‘risida da’vo qilishi mumkin.

Bagaj shikastlangan holda yoki kamomad bilan etib kelgan taqdirda harakatlanish
  • Shikastlangan yoki kamomadi bor bagajlar bo‘lgan hollarda yoki tashuvchi tomonidan tashish shartnomasi talablari buzilgan boshqa hollarda, tashuvchi tomonidan belgilangan shakl bo‘yicha, tashishning buzilishi to‘g‘risida dalolatnoma tuziladi va uning bir nusxasi yo‘lovchiga beriladi.
  • Bunday holda yo‘lovchi yoki uning vakili bagajning tashilishi buzilgan hollarda tashish yo‘nalishidagi birinchi yoki oxirgi tashuvchiga zararni qoplash to‘g‘risida da’vo qilishi mumkin.

Talab qilib olinmagan (qoldirib ketilgan) bagajni saqlash
  • Agar etib kelgan bagaj talab qilib olinmagan bo‘sla, u saqlash uchun aeroportning tegishli xizmatiga topshiriladi, undan so‘ng bunday bagajning egasini qidirish hamda uni egasiga etkazib berishni tashkil etish choralari ko‘riladi.
  • Talab qilib olinmagan bagajdagi tez buziladigan narsalarda buzilish belgilari aniqlangan taqdirda, ular yo‘q qilinishi lozim. Bagaj mutasaddi xodimlar ishtirokida ochilib, undan buzilgan narsalar dalolatnoma asosida olib tashlanishi mumkin. So‘ng, bagajda qolgan narsalar ro‘yxati tuzilib, yopiladi hamda muhrlanadi.
  • Dalolatnomada bagajning dastlabki holati (vazni, hajmi) va o‘lchash natijalari aks ettirilishi shart. Bagajda qolgan narsalar ro‘yxati dalolatnomaga ilova qilinadi.
  • Chet ellik tashuvchilar tomonidan olib kelinib, talab qilib olinmagan bagaj aeroportda ko‘pi bilan 7 kun saqlanadi va uni olib kelgan tashuvchining reysi bilan qaytarib yuboriladi.
  • Talab qilib olinmagan bagaj aeroportda ko‘pi bilan 3 oy saqlanadi va aeroportning tegishli xizmati tomonidan yo‘q qilinadi.

Talab qilib olinmagan bagajni yo‘q qilish tartibi
  • Uch oy muddati tamom bo‘lgach, aeroport direktori tomonidan talab qilib olinmagan bagajlarni yo‘q qilish bo‘yicha Komissiyasi tuziladi.
  • Talab qilib olinmagan va yo‘q qilinishi lozim bo‘lgan bagajlarning ro‘yxati tuziladi
  • Ushbu ro‘yxatga Talab qilib olinmagan bagajni ro‘yxatga olish jurnali, talab qilib olinmagan bagajning egasini qidirib topish uchun berilgan e’lon nusxalari, bagajni saqlashga qabul qilish bo‘yicha dalolatnoma nusxasi ilova qilinadi.
  • Komissiya a’zolari bagajni ochadi va undagi predmetlarni xususiyatlariga ko‘ra ajratib, yo‘q qilish uchun qoplarga joylaydi.
  • Komissiya qarori dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi va unda:
  • yo‘q qilish uchun ajratilgan bagajlar soni;
  • bagajlarning ichidagi predmetlar ro‘yxati;
  • yoqib yuborish orqali yo‘q qilib bo‘lmaydigan predmetlar joylangan idishlarning tartib raqamlari ko‘rsatilishi kerak.
  • Ushbu qaror bagajdagi predmetlarni yo‘q qilish uchun asos hisoblanadi.
  • Bagajlarni yo‘q qilish bo‘yicha tegishli hujjatlar, shuningdek ularni yo‘q qilinganligini tasdiqlovchi video va foto materiallar tegishli aeroportda saqlanadi.

Talab qilib olinmagan qimmatbaho bagajni yo‘q qilish tartibi
  • Yoqib yuborish orqali yo‘q qilib bo‘lmaydigan predmetlar, jumladan qimmatbaho metallar, qimmatbaho, yarim qimmatbaho toshlar, tabiiy marvaridlar va boshqa shunga o‘xshash predmetlar esa, alohida raqamlangan va muhrlangan idishlarga joylashtiriladi.
  • Yoqish orqali yo‘q qilib bo‘lmaydigan predmetlar mexanik buzish orqali, foydalanish uchun yaroqsiz holga keltirilgandan so‘ng, yo‘q qilinadi.
  • Qimmatbaho metallar, qimmatbaho, yarimqimmatbaho toshlar hamda tabiiy marvaridlar va boshqa shunga o‘xshash predmetlar yo‘q qilinmaydi.
  • Bunday predmetlar bo‘yicha Komissiya a’zolari tomonidan ikki nusxada ularning vazni va alohida belgilari ko‘rsatilgan ro‘yxat tuziladi. Aeroport direktori tomonidan ro‘yxat rasmiylashtirilgach, uch ish kuni ichida unda nazarda tutilgan predmetlarni tasarruf qilish bo‘yicha tegishli qaror qabul qilish uchun fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilishi shart.
  • Bagajlarni yo‘q qilish bo‘yicha tegishli hujjatlar, shuningdek ularni yo‘q qilinganligini tasdiqlovchi video va foto materiallar tegishli aeroportda saqlanadi.


Etkazilgan zararni qoplashni rad etish holatlari
  • etkazilgan zararlar uchun talabnoma bildirish muddati o‘tib ketganda;
  • bagajning ichida bo‘lgan zarur hujjatlar yoki boshqa buyumlarning kechikishi natijasida yo‘lovchi tomonidan ko‘riladigan zararlar uchun;
  • yo‘lovchining xavfsizlik qoidalariga rioya etmasligi yoki aeroportda xavfsizlikni ta’minlash maqsadida bagajning kechikkanligi natijasida etkazilgan zararlar uchun;
  • yo‘lovchining aybi bilan bagaj tashishning belgilangan qoidalariga muvofiq tashishga tayyorlanmagan holda topshirilganligi natijasida kelib chiqadigan zararlar uchun.

Chat