Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 123 marta o'qildi

Avtomobilь yo‘llari tasniflari.

a) umumiy foydalanishdagi avtomobilь yo‘llari davlat mulki hisoblanadi.

Umumiy foydalanishdagi avtomobilь yo‘llari O‘zbekiston Respublikasi Avtomobilь yo‘llari davlat qo‘mitasi – maxsus vakolatli organ ixtiyorida bo‘ladi.

b) shaharlar va boshqa aholi punktlarining ko‘chalari davlat mulki hisoblanadi.

Shaharlar va boshqa aholi punktlarining ko‘chalari mahalliy davlat hokimiyati organlari ixtiyorida bo‘ladi.

v) xo‘jalik avtomobilь yo‘llari davlat yoki yuridik va jismoniy shaxslarning mulki hisoblanadi.

Xo‘jalik avtomobilь yo‘llari jumlasiga texnologik maqsadlarga xizmat qiladigan yo‘llar, shoxobcha, xizmat, patrulь va boshqa shunga o‘xshash avtomobilь yo‘llari kiradi.

 

O‘zbekistondagi umumiy foydalanishdagi avtomobilь yo‘llari ro‘yxati bilan tanishish uchun ushbu havolaga o‘ting.

Transport vazirligi huzuridagi Avtomobilь yo‘llari davlat qo‘mitasi saytiga o‘tish.

Avtomobilь yo‘llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruktsiya qilish va ta’mirlash bo‘yicha bosh buyurtmachilar.
  • umumiy foydalanishdagi avtomobilь yo‘llari bo‘yicha «Umumiy foydalanishdagi avtomobilь yo‘llarini qurish va rekonstruktsiya qilish Direktsiyasi» DUK;
  • xo‘jaliklararo qishloq avtomobilь yo‘llarini, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va ovullar ko‘chalari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar avtomobilь yo‘llari hududiy bosh boshqarmalari tarkibidagi mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmatlari.

Quyidagilar avtomobilь yo‘llarini qurish, rekonstruktsiya qilish va ta’mirlash bo‘yicha loyihachi tashkilotlar hisoblanadi:

  • «Yo‘l-loyiha byurosi» MChJ
    • manzil: Toshkent shahri, Mustaqillik ko‘chasi, 68A-uy;
    • telefon: 71-237-38-55; 71-237-36-69 (faks).
    • elektron manzili: info@ylb.uz; rcb2009@mail.ru
  • «Boshtransloyiha» AJ
    • manzil: Toshkent shahri, Nukus ko‘chasi, 23A-uy;
    • telefon: 71-255-82-98; 71-233-27-82 (faks).
    • elektron manzili: boshtrans@gmail.com
Chat