Mediatsiya — nizoni taraflar o‘zaro ixtiyoriy kelishib, mediator yordamida hal qilish usuli.
Mediatsiya maxfiylik, ixtiyoriylik, taraflarning hamkorligi va teng huquqliligi, mediatorning mustaqilligi va xolisligi prinsiplari asosida amalga oshiriladi.
Mediatsiyaning asosiy afzalliklari
- tanlov erkinligida;
- adolatga tayanishda;
- qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilishdagi bevosita ishtirokda;
- taraflarning qabul qilingan qarorlarga roziligida;
- protsessdan istalgan paytda chiqib ketish imkoniyati borligida;
- ishni ko‘rib chiqishga kyetadigan vaqt va ko‘rib chiqish qiymatida;
- maxfiylik ta’minlanishida;
- protsessning moslashuvchanligi hamda vaziyat va talablarga mutanosibligida;
- butun jarayon korrupsiyaning har qanday ko‘rinishlaridan xoli ekanida.