Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 1107 marta o'qildi

Pansionat - O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan 18 yoshdan boshlab I va II guruhlar nogironligi bo‘lgan shaxslar hisoblangan hamda O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksiga muvofiq ularni parvarish qilishi shart bo‘lgan birinchi darajadagi qarindoshlari yoki vasiylari bo‘lmagan yolg‘iz keksalar, urush va mehnat faxriylari, o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz yashovchi I guruh nogironligi bo‘lgan keksalar uchun tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatadigan davlat tibbiy-ijtimoiy muassasasi hisoblanadi.

Pansionatga qabul qilishga qarshi ko‘rsatmalar
  • tez-tez, har oyda 5-martadan ko‘p tutqanoq sodir bo‘ladigan epilepsiya, muntazam tutqanoqlarga, epileptik maqomga, kun oxiriga borib bo‘shashuvchanlikka, disforiyalarga moyillik;
  • bemorning o‘zi va atrofidagilar uchun xavfli bo‘lgan moyillikning qo‘pol buzilishlari va axloqiy dag‘allik bilan birga kechadigan ruhiy kasalliklar;
  • jarayonning faol bosqichidagi sil kasalligi;
  • yuqumli teri va soch kasalliklari;
  • o‘tkir yuqumli kasalliklar;
  • salbiy jarayondagi yomon holatda o‘tadigan shish kasalliklari va retsidivlari;
  • tanosil kasalliklari.

Pansionatga qabul qilish chog‘ida yuqori harorat yoki noaniq etiologiyali toshma topilgan shaxslar hududiy davolash-profilaktika muassasalariga yuboriladi.

Pansionatga qabul qilishda talab etiladigan hujjatlar

Hududiy bo‘limlar tomonidan quyidagi ma’lumotlar «Elektron hukumat» tizimining idoralararo integratsion platformasi orqali olinadi:

  • pansionatga rasmiylashtirilayotgan shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjat;
  • pensiya guvohnomasining (mavjud bo‘lsa);
  • xizmat ko‘rsatganligi to‘g‘risidagi hujjatlar (mavjud bo‘lganda);
  • rasmiylashtirilayotgan shaxsga nogironlik belgilangan taqdirda tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi tomonidan berilgan nogironlik to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
  • belgilangan tartibda tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi tomonidan berilgan nogironligi bo‘lgan shaxsni reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturi;
  • ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan sog‘liqning holati to‘g‘risidagi tibbiy hujjatlar;
  • tuman (shahar) hokimining yolg‘iz shaxs sifatida hisobga olish to‘g‘risidagi qarori nusxasi;
  • pansionatga rasmiylashtirilayotgan shaxsning 2 dona (6 sm x 4 sm hajmli) fotosurati.

  • Pansionatga qabul qilish, shuningdek undan ko‘chirish Agentlikning Vasiylikka olinuvchilarni tibbiy-ijtimoiy muassasalarga yuborish, shuningdek biridan ikkinchisiga o‘tkazish (ko‘chirish) bo‘yicha doimiy faoliyat yurituvchi maxsus komissiyasi qaroriga muvofiq pansionatning direktori buyrug‘i asosida amalga oshiriladi.

Sog‘liqni saqlash vazirligiga murojaat qilish uchun quyidagi havolaga o‘ting yoki "1003" ishonch telefonlariga qo‘ng‘iroq qiling.

Chat